SHARIFBOY MADRASASI

SHARIFBOY MADRASASI — Qarshidagi me’moriy yodgorlik (18- asr). Madrasa mudarrisi Sharifxo’ja qurdirgan. Madrasa uncha katta emas, to’g’ri to’rtburchak tarhli. Bosh tarzi markazidagi peshtoqdan miyonsaroy orqali kichik hovliga chiqiladi. Hovli atrofida balxi gumbazli hujralar joylashgan. G’arbida peshayvonli masjid bor.