Sharq biotasi nimani anglatishini bilasizmi
Sharq biotasi nimani anglatishini bilasizmi – qurg’oqchilik yer maydonlariga chidamli bo’lgan sharq biotasining vatani – Xitoyning shimoliy o’lkasi. Unchalik uzoq bo’lmaan davrdan buyon Markaziy Osiyo mamlakatlarida ko’kalamzorlashtirish sohasida keng foydalaniladi. Bir uyli butasimon ushbu daraxt vatanida 16-18 metrgacha, bizning sharoitimizda esa 6-8 metrga yetadi. Shox-shabbasi piramidasimon, po’sti och jigarrang, ba’zan to’q kulrangda, barglari och yashil bo’lib, g’uddasi ikkinchi yili yetiladi. Qadimda dehqonlar o’z bog’lari atrofida ekib kelishgan. Gullaridan so’ng sentabr oyida g’uddasi tayyor bo’ladi. G’uddasidan 15-20 % urug’ chiqadi. 1000 dona urug’ og’irligi 20 grammdan iborat bo’ladi. Sharq biotasi issiqqa va qurg’oqchilikka o’ta chidamli bo’lib, mamlakatimizning har qanday hududida ko’kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Doimo o’z vaqtida sug’orib borilsa juda tez o’sadi. Agar uning shox-shabbalari qaychi bilan kesilib o’z vaqtida shakl berib borilsa, ajoyib manzara namoyon etadi.


