Sharqiy Osiyo

Sharqiy Osiyo — Osiyodagi tabiiy o’lka (ba’zida bir guruh tabiiy o’lkalar sifatida ko’riladi). Tinch okeanga tutash taxminan 60° va 20° shahrik. lar oralig’idagi tropik, subtropik va mo’tadil mintaqalarni o’z ichiga oladi. Relefi murakkab tuzilishga ega, o’rtacha balandlikdagi tog’ va tog’liklar (Jugjur, Sixotealin, Katta Xingan, Tsinlin, Nanlin, Kamchatka) va akkumulyativ tekisliklar (Amurbo’yi, shimoliy Sharqiy Xitoy, Buyuk Xitoy) almashinib keladi. Sharqiy Osiyoning katta qismi G’arbiy Tinch okean geosinklinal mintaqasida joylashgan. Vulkan ko’p, seysmik faol zona. Iqlimi yozi sernam mussonli va qishi quruq iqlim. Yoz va quz oylarida tayfun qo’p bo’ladi. Tabiiy o’simliklari, asosan, shimolda aralash va tayga o’rmonlari, Janubda keng bargli subtropik va tropik o’rmonlardan iborat. Qurg’oqchil hududlarda o’rmondasht va dasht o’simliklari o’sadi. Tekisliklarda aholi zich, katta maydonlar ekinzor. Sharqiy Osiyoda Rossiya va Xitoyning Sharqiy qismi. Yaponiya, Koreya (KXDR va Koreya Respublikasi) joylashgan, ba’zida Filippinni ham shu o’lka tarkibiga kiritadilar.