SHARQIY SAMOA
SHARQIY SAMOA — Tinch okeandagi orollar, Samoa arxipelagining Sharqiy qismi. AQSh mulki. Maydoni 197 kilometr kvadrat. Aholisining katta qismi polinezlar, rasmiy tili — ingliz tili. Ma’muriy markazi — Pagopago shahri (Tutuila orolida). Aholi baliq ovlash va konservalash, kokos etishtirish bilan shug’ullanadi. AQShga baliq konservalari va kopra chiqariladi. Pul birligi — AQSh dollari.