Shartsiz reflekslar, tur reflekslari

Shartsiz reflekslar, tur reflekslari — organizmning ichki va tashqi qo’zg’atuvchilar ta’siriga nisbatan o’zgarmas, genotip bilan bog’liq bo’lgan, ya’ni irsiylanadigan reaktsiyasi. «Shartsiz reflekslar» terminini I.P. Pavlov muayyan qo’zg’atuvchilarning reseptorlarga ta’siri natijasida yuzaga keladigan reflekslar (og’izga ovqat tushganida so’lak ajralishi, barmoqqa o’tkir narsa sanchilganida tortib olinishi va boshqalar)ni ifodalash uchun fanga kiritgan (1903). Shartsiz reflekslar, asosan, Markaziy nerv sistemasining quyi bo’limlari (gangliylar, orqa miya, bosh miya dastasi va boshqalar) bilan bog’liq. Shartsiz reflekslarda qo’zg’alishning reseptorlardan effektorga o’tadigan yo’li reflektor yoyi deyiladi. Shartsiz reflekslar turning barcha individlari uchun umumiy bo’lib, organizm xatti-harakatini doimiy (o’zgarmas) muhit sharoitiga moslanishini ta’minlaydi. Shartsiz reflekslar ontogenez va filogenezda o’zgarib boradi. Chaqaloqlarda hayot davomida yo’qolib boradigan emish refleksi sof holdagi Shartsiz reflekslarga misol bo’la oladi. Odam voyaga yetgan sari yangi (masalan, jinsiy) reflekslar paydo bo’la boradi. Voyaga yetgan odam va hayvonlarda Shartsiz reflekslar sof holda uchramaydi; Shartsiz reflekslar shartli reflekslar bilan qo’shilib ketadi. Shartsiz va shartli reflekslar o’rtasidagi farq nisbiy bo’lganidan ularni tasnif qilish ancha qiyin. Ta’sirlovchi ta’siri xususiyatiga va javob reaktsiyasining biologik mohiyatiga binoan Shartsiz reflekslarni himoya, oziqlanish, jinsiy, mo’ljal olish va boshqa xillarga ajratiladi. Murakkab bir xil xatti-harakatlardan iborat tugma reflekslar instinkt deyiladi. Ba’zan instinkt mazmunan Shartsiz reflekslarga tenglashtiriladi. Zirabuloq tog’larining shimol g’arbidagi kichik kon. Cho’kindi tog’ jinslarining Zirabuloq intruzivi bilan tutashgan qismida joylashgan. 1943 yilda ochilgan. Sh.v.k.dagi skarnlar metamorfik slaneslar ichidagi mergelli oxaktoshlar hisobiga hosil bo’lib, linzasimon shaklda uchraydi. Skarn rudalari piroksen, granat, aktinolit, kvars, kaltsit, sheelit, pirit, pirrotin, nontronit, limonit minerallaridan tarkib topgan. Kondagi asosiy ruda sheelitdir. Sheelit skarnda granat va kvars bilan birga mayda (2— 5 millimetr) donachalar holida deyarli birdek tarqalgan. Skarnlarda pirit ko’p. Kvarssulfid tomirchalar, odatda, skarnlarda joylashgan, ba’zan ular slaneslar ichiga ham o’tadi.