SHAXSEY-VAXSEY

SHAXSEY-VAXSEY — shialikdagi motam marosimi. Muhammad payg’ambar nabirasi (Alining o’g’li) Imom Husayn ning halok bo’lgani munosabati bilan har yili Muharram oyining boshida o’tkaziladi. Shaxsey-vaxsey shialarning motam yurishlari vaqtida odat bo’lgan «Shoh Husayn, voh Husayn» degan qichqiriqlarining qisqargan shakli.