Shayba

Shayba (nemischa Scheibe) — 1) gayka yoki vint kallagi ostiga qo’yiladigan detal. Tayanch yuzasini oshirishda (agar yuza yumshoq yoki notekis bo’lsa) umumiy ishlarga mo’ljallangan Shayba, qattiqlash vaqtida gayka yoki vint kallagining qiyshiqligini bartaraf qilishda sferik va qiyshiq Shayba, detallarga ishlov berishda tayyor detalni tezda bo’shatib, yangisini o’rnatishda tez olinadigan Shayba, germetik birikma hosil qilishda yumshoq materiallardan tayyorlanadigan zichlagich Shayba, gayka yoki vintni o’zo’zidan buralib ketishdan saklashda prujinalanadigan Shayba, gayka yoki vintning detalga nisbatan buralishining oldini olishda stopor Shayba va boshqalar qo’llaniladi; 2) xokkey o’yinidagi o’yin quroli; qattiq qora rezinadan tayyorlanadigan yassi disk; diametri 76,2 millimetr, qalinligi 25,4 millimetr, og’irligi 140-170 gramm, yon sirti mayda taram-taram bo’ladi.