Shayx Zayniddin bobo maqbarasi

Shayx Zayniddin bobo maqbarasi — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik (13-14-asrlar). Rivoyatlarga ko’ra, maqbara Amir Temur davrida Shayx Zayniddin (13-asr)ga atab barpo qilingan. Shahar hududida, qabriston o’rtasidagi balandlikda joylashgan, peshtoqgumbazli, cho’zinchoq maqbaraxonaqoxlar turiga mansub. Atrofida boshqa turli binolar — tobutxona, chillaxona (12— 13-asrlar), oshxona, ayvonli masjid, Chortoq va boshqalar bor. Old ko’rinishi Janubi sharqqa qaratilgan, ko’chadan unga qo’shimcha binolarni birlashtiruvchi xiyobon orqali kiriladi. To’rtburchak tarxli (16×18 metr), balandligi 20,7 metr, hamma tomonlari peshtoqli. Maqbara markazida Shayx Zayniddin sag’anasi, burchaklarida boshqa shaxslarning qabrlari bor. Maqbaraning Janubiy g’arbiy peshtog’idagi yozuvga ko’ra, hijriy 1339 yilda (milodiy 1920— 21) ta’mirlanib, maqbaraning eski g’ishtlari yangi g’ishtlar (26x12x6 santimetr) bilan almashtirilib, gumbazi kvadrat (24x24x5 santimetr) g’ishtdan terilgan.