Shayxontohur GES
Shayxontohur GES — Chirchiq — Bo’zsuv suvenergetika traktidagi 19 gidroelektr stansiyalardan biri. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan. Toshkent GESlar kaskadi tarkibiga kiradi. Stansiyada umumiy quvvati 3,6 MVt bo’lgan 3 gidroagregat o’rnatilgan. GES qurilishi 1951 yilda boshlangan. 1953 yilda quvvati 1 MVt bo’lgan 2 agregati, quvvati 1,6 MVt bo’lgan 3agregati 1954 yilda ishga tushirilgan va 1955 yil yanvarda sanoat foydalanishiga qabul qilingan. Agregatlar turbinalari tik radikal o’kdi. GES Toshkent shahri sanoat korxonalarini elektr quvvati bilan ta’minlaydi. Quvvatlar 35 kVli kuchlanishda elektr uzatish liniyalari orqali yetkazib beriladi. 2003 yilda 22,1 million kVtsoat elektr energiya ishlab chiqarildi.