Shelling Fridrix Vilhelm Yozef

Shelling Fridrix Vilhelm Yozef (1775.27.1, Leonberg — 1854.20.8, Ragas, Shveytsariya) — nemis faylasufi. Tyubengen universitetining ilohiyot fakultetini tugatgan. Yena (1798— 1803), Vyursburg (1803-06), Erlangen (182026) va Berlin (184146) universitetlarining professori. Myunxen Fanlar Akademiyasi a’zosi. Shelling yangi davr tabiat falsafasiga, ayniyat va mifologiya falsafasiga asos soldi, falsafaning predmetini erkinlik deb belgiladi, keyinchalik shu asnoda Gegeltni emas, R.Shteyner, N. Berdyayev, Vl. Solovyov, A.Bergson o’zlarining «erkinlik falsafasi»ni yoki falsafiy tizimlarini yaratdilar. Shelling tabiatni dinamik qarama-qarshiliklarning birligi sifatida olib qaraydi; bu qarama-qarshilik yaxlitlikda uyg’unlashadi; tabiat — ulkan yirik organizm, uning taraqqiyoti ongli «men»ni yaratishga qaratilgan. Shelling dunyoqarashida borliq va tafakkur ayniyatini, ideallik va reallik mosligini ko’rish mumkin. Uningcha, mif — faqat ongning emas, balki borliqning shakli. Haqiqiy din va haqiqiy falsafaga yo’l mif orqali o’tadi; mifologik tasavvurni shunchaki to’qib chiqarilgan ertak deb, lekin hamma mifda ham aqliy yondashuv bor deb bo’lmaydi. Haqiqat falsafasida Shelling mohiyat bilan mavjudlik o’rtasidagi farqni ajratishga intiladi; narsa nima, uning mohiyati qanaqa — buni bizga aql o’rgatadi; narsaning mavjudligiga esa tajriba ishontiradi. Shelling tajribadan, narsalarning mavjudlik omilidan kelib chiqishni, borliqni tushuncha bilan qorishtirmaslikni ta’kidlaydi. U dastlab, Bibliyani tarixiy-tanqidiy o’rganish lozim degan bo’lsa, keyinchalik bu fikrini xato deb hisoblagan. Shelling falsafasi rasionallik bilan noratsionallikning uyg’unligi sifatida katta ahamiyatga ega. Asosiy asarlari: «tabiat falsafasi uchun g’oyalar» (1797), «olamiy qalb to’g’risida» (1798), «tabiat falsafasi tizimining dastlabki xomaki- si» (1799), «tabiat falsafasi tizimi dastlabki xomakisiga kirish» (1799), «Transtsendental idealizm tizimi» (1800), «san’at falsafasi» (1802-05), «Inson erkinligi va u bilan bog’liq narsahodisalar to’g’risida falsafiy tadqiqot» (1809), «mifologiya falsafasiga kirish» (1821-45), «yangi falsafa tarixiga doir» (1822-27).