Shifoxona

Shifoxona — davolash muassasasi. Keng ma’noda Shifoxona tushunchasi bemorlarni stasionar sharoitda davolash, aholiga dispanserizatsiya usuli bilan xizmat ko’rsatish va boshqalar davo muassasalarini anglatadi. Tor ma’noda Shifoxonalar kasalliklarni davolashda, asosan, tabiiy usullardan foydalanuvchi sihatgohlardir. Ular fizioterapevtik, balneologik, iqlim bilan davolash va boshqa Shifoxonalarga bo’linadi.