SHIVA

SHIVA — hinduiylikdagi uch oliy Xudo — Trimurtining biri; shivaizm tarafdorlari koinotda hamma mavjudotni yo’q qilib, qayta yaratuvchi Shivadan bo’lak doimiy hech narsa yo’q, deb tushunadilar. Shiva samoviy kuchquvvatni o’zida mujassam etgan, ko’pincha ilohiy raqs tushayotgan qo’rqinchli qiyofada yoki xayolga cho’mgan Zohid ko’rinishida tasvirlanadi.