Shlyuz nimani anglatishini bilasizmi
Shlyuz nimani anglatishini bilasizmi – (gollandcha sluis < fransuzcha ecluse < lotincha exclusa – to’siq, g’ov; yo’l qo’ymaslik) 1. Kemalarni daryo yoki kanalning suv sathi turlicha bo’lgan bir uchastkasidan ikkinchisiga o’tkazish imkonini beradigan, darvozalar orqali o’zaro tutashgan gidrotexnik kameralardan iborat inshoot. 2. To’g’onlarda suvni qo’yib yuborish yoki bo’g’ish uchun xizmat qiladigan maxsus teshik; to’g’on qulgi. Shlyuzni ochmoq.


