Shor tili

Shor tili — turkiy tillarning uyg’ur-o’g’uz guruhidagi xakas guruhchasiga mansub til; Rossiya Federatsiyasining Kemerovo viloyatida, qisman Oltoy va xakas Respublikalarida tarqalgan. Shorlarning umumiy soni 16,6 ming kishi bo’lsada, Shor tilida so’zlashuvchilar 10 ming kishi atrofida, xolos. 2 ta asosiy lahjasi bor: mrass yoki shim.g’arbiy (xakas tiliga yaqin) va kondom (Oltoy tilining shimoliy lahjalariga yaqin). Leksikasida ovchilik terminologiyasi rivojlangan, mo’g’ulcha va ruscha o’zlashmalar uchraydi. Shor tilining mrass lahjasi yetakchi hisoblanib, adabiy til ana shu lahja asosida shakllangan, o’tgan asrning 20-30-yillarida unda boshlang’ich sinflar uchun darsliklar yaratilgan. Hozirgi kunda Shor tili adabiy til sifatida mavjud emas, u faqat qabilaurug’lar ichidagi so’zlashuv tilidir. Shorlar yozma adabiy til sifatida o’zlariga yaqin xakas tilidan, shuningdek, rus tilidan foydalanadilar. Yozuvi 1927 yildan rus grafikasi asosida, 1930 yildan lotin grafikasi asosida, 1938 yildan yana rus grafikasi asosida shakllangan. Ad.: Baskakov N.A., Vvedenie v izuche-nie tyurskix yazmkov, 2izd., M., 1969.