Sho’rsuv

Sho’rsuv — Farg’ona viloyati O’zbekiston tumanidagi shaharcha (1934 yildan). Olay tog’larining shimoliy chekkasidagi adirda. Sho’rsuvsoy vodiysida. Qo’qon shahridan 35 kilometr Janubi g’arbda. Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Yaypan (12 kilometr). Aholisi 3 ming kishiga yaqin (2004). Shaharcha Sho’rsuvsoy vodiysida neft va pirit (oltingugurt kolchedani) konlari topilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Sho’rsuv yon atrofidagi konlari qadimiydan ma’lum bo’lgan. Bu yerdan topilgan arxeologik yodgorliklar qadimiy konchilik ishlaridan dalolat beradi. 19-asrning 1-yarmida Sho’rsuv konlari Qo’qon xonligining mulki bo’lib, bu yerdan oltingugurt, achchiqtosh, tog’mumi qazib olingan. Sho’rsuvda g’isht zavodi, sopol idishlar xom ashyosi — qizil tuproqni kukun qiladigan zd, ta’mirlashmexanika, oltingugurt maydalash tsexlari, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Umumiy ta’lim maktabi, madaniyat uyi, kutubxona, tibbiy muassasalar, profilaktoriy mavjud. Yaypan— Sho’rsuv, Qo’qon — Sho’rsuv yo’nalishlarida avtobuslar qatnaydi. Sho’rsuv yaqinida Sho’rsuv neft koni bor.