Sifat analizi

Sifat analizi — analitik ki- myoning asosiy bo’limlaridan biri; ana- Liz qilinayotgan modda yoki moddalar ara- lashmasidagi elementlar, radikallar, funktsional guruxlar va birikmalarni kimyoviy, fizikkimyoviy, fizikaviy ani- klash va identifikasiyalash usullari majmui. S.a.ning muhim tavsifli usul- lari: 1) o’ziga xoslik (selektivlik) — qidirilayotgan elementni boshqa element ishtirokida aniklash usuli va 2) sezgir- lik — nihoyatda oz miqdordagi element- ni, ya’ni bir tomchi (0,01—0,03 ml) erit- madagi elementni aniklash. S.a.ning hoz. usullarida sezgirlik 1 mkg ga boradi. Anorganik moddalarning klassik S.a. «quruq» yoki «ho’l» usulda olib boriladi. S.a.ning «quruq» usuli bir oz miqdorda bura (tanakor) yoki «fosfor tuzi» (NaNH4HPO44H2O) qo’shib tekshirilayotgan modda kukuni (odatda, metall tuzlari yoki oksidlari) qizdirilganda gaz GOREL- kasi alangasi rangining o’zgarishiga va rangli shishasimon qotishmalar hosil bo’lishiga asoslangan. S.a.ning «ho’l» usuli makro,»yarim makro», «yarim mi- Kro», mikro va ultramikro usullarga asoslangan (yana q. Ultramikrokimyoviy analiz, tomchi analiz). Suvli eritmalardagi anorganik bi- rikmalarning S.a. ion reaktsiyalariga asoslangan. S.a.ning kimyoviy usuli b-n bir qatorda fizikaviy, fizikkimyoviy usullari qam keng qo’llanadi. Bu usullar tekshirilayotgan moddalarning optik, elektr, magnit, issiklik, katalitik, ad- sorbtsion va b. xossalarini o’rganishga asoslangan (q. Spektram analiz, Polyaro- grafiya). Ad.: Mirkomilova M., Analitik kimyo, T., 1996.