Sikeyros
Sikeyros (asli Alfaro Si- keyros, Alfaro Sicueros) Xoce David (1898.29.12, Chiuaua — 1974.6.1, Kuer- navaka) — meksikalik rassom, Meksika monumental rang-tasvir maktabi asos- chilaridan biri va uning yirik namoyan- dasi; jamoat arbobi. Mexiko ba (1911) va Santanit (1913)da ta’lim olgan. S. siyosiy faoliyatini professional ras- somlik b-n birga olib borgan. Prezident V. Karranso armiyasi ofitseri bo’lgan. D. Rivera, X.K.Orosko b-n Meksikada davlat tomonidan qo’llab-quvvatlangan «Inqilob rassom, haykaltarosh va gra- verlari sindikati»ni tashkil etgan (1922; 1922-25 y.lar bosh sekretari). 1932-34. va 1935-36 y.lar AQShda ish- lagan, NyuYorkda tajriba ustaxonasi- ga asos solgan (1936). Lotin Amerikasi mamlakatlari (Argentina, Chili, Kuba va b.)da monumental san’at taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan. S. asarlariga jo’shk,inlik, ekspressivlik, katta PLA- stik kuch bag’ishlab, badiiy asarning ommaga aktiv ta’sirining yangi tamoy- illarini ishlab chiqqan. S. Mexikodagi Milliy tayyorlov maktabi (1922-23), Nafis san’atlar saroyi (1945 va 1950— 51), Tarix milliy muzeyi (1959 y. dan) binolaridagi devoriy rasmlarni, un-t shaharchasi rektorat binosi tarzida- gi mozaika va releflarni (1952-54) hamda dastgoh asarlari («proletariat onasi», 1929— 30; «J. Gershvin por- treta», 1936 va b.), ko’plab litografiya- lar, rasmlar yaratgan. S. 20-a.ning yirik san’atkori sifatida rassomlar (jum- ladan, O’. Tansiqboev, N. Karaxan, B. Jalolov, J. Umarbekov va b.)ga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Sikoz (Yun. Sykosis — uzum g’ujumi) — soch follikulasi- ning yallig’lanishi. Asosan, erkaklar- da ko’proqyuzning sochsoqol, mo’ylovli qismida uchraydi. Kelib chiqishiga ko’ra, stafilokokkli (oddiy) yoki zamburug’li (parazitar) S. farq qilinadi. Stafilo- kokkli yoki oddiy S. surunkali kechadm va botbot qo’zib turadi. S.da o’rtasi tukli kichik maddalar paydo bo’lib, ba’zi joy- larini yiringli qasmoq bosib, suvla- nib turadi, bir oz og’riydi. 2-3 kundan so’ng yiring qotib pust b-n krplanadi, keyinchalik pust tushib ketib, o’rnida yana yiringli maddalar paydo bo’ladi. Stafilokokkli S. terining iflosla- nishi, buruntomoq bo’shlig’idagi turli surunkali kasalliklar, shuningdek, en- dokrin bezlar va nerv faoliyatining buzilishlaridan kelib chiqadi. Kasal- lik oylab, ba’zan yillab davom etadi. Bunda bemorning terisi tortishib, achi- shib og’riydi. Ayniqsa, zararlangan soha yuzda bo’lganida bemorning ruhiy holati o’zgaradi. Kasallikning kechishi va bel- gilariga qarab davo tayinlanadi.