SIKLLIK BALANSLASHTIRILADIGAN BUDJET
SIKLLIK BALANSLASHTIRILADIGAN BUDJET — budjet siyosatidagi konsepsiyalardan biri. Uning asosida budjet iqtisodiy sikl davrida muvozanatlashtirilishi lozim, degan qoida yotadi. Davlat bir vaqtning o’zida siklga qarshi choralarni amalga oshiradi va budjetni muvozanatlashtirisbga harakat qiladi. Tanazzulga qarshi chora, deb hukumat soliqlarni pasaytiradi, xarajatlarni oshiradi va ongli ravishda budjet kamomadini yuzaga keltiradi. Ko’tarilish davrida esa hukumat soliqlarni oshiradi, davlat xarajatlarini kamaytiradi, natijada yuzaga kelgan budjetning ijobiy saldosi tanazzul vaqtidagi kamomadni qoplashda ishlatiladi. Ammo asosiy muammo shundan iboratki, iqtisodiy faoliyatning ko’tarilishi va tanazzul vaqti davomiyligi nuqtai nazaridan farq qiladi. Masalan, tanazzul davri 2 yil, ko’tarilish davri esa 1 yil bo’lishi mumkin. Unda 2 yilda yuzaga kelgan kamomad miqdorini 1 yilda budjetning ijobiy saldo miqdori bilan qoplab bo’lmaydi.