Silikat beton

Silikat beton — qurilish materiali, betonnmng bir turi. Ohakkremnezem bog’lovchi modda va anorganik to’ldirgichni suvda qorib tayyorlanadigan massaga avtoklavam termik ishlov berib olinadi. Xossalari jihatdan portlandtsementli betonga o’xshaydi (suv yuqtirmaydi, kislotalar ta’siriga chidamli, plastikligi yuqori va hokazolar). Qurilishda yuk ko’taradigan ichki devorlarni, pardevorlarni, zinalar va binoning ichki qismlarini tayyorlash uchun ishlatiladi.