Silos inshootlari

Silos inshootlari – silos bostirish. saqlash uchun foydalaniladi- gan qurilmalar. Asosiy vazifasi — si- Los massasini havo, suv kirishdan, muz- lab qolishdan saklash. Asosan, transheya- lar va minoralar ko’rinishida, chorvachi- lik fermalariga yaqin joyga quriladi. Joyning gidrogeologik sharoitlariga qarab er usti, yarim chuqur va chuqur tran- sheyalar (uning devori balandligi erdan 70 sm ko’tariladi) qilinadi. Er usti transheyalari (devori balandligi kamida 3 m) tekis, er osti suvi yuza, yarim chuqur va chuqur transheyalar (devori bal. 3,6 m, tubi eni 9 m; xajmi 500-4000 m3) er osti suvi chuqur erlarga quriladi. Ba’- zi fermalarda diametri 9,15 m, bal. 24 m, hajmi 1600 m3 bo’lgan BS 9,15 marka- li temirbeton minoralar quriladi. Bu silos minoralarga pnevmotransportyor orqali tepa qismidan silos (senaj) mas- sasi bosim b-n yuboriladi, bosim nati- jasida u o’z og’irligi b-n zichlanadi. Transheyalarning kattakichikligi bostiriladigan silosning miqdoriga, chorva mollarining soniga qarab belgi- lanadi. Bir transheyaga silos bostirish 4-5 kunda tugallanishi kerak. Kat- takichikligiga qarab 250-3000 t ko’k massa ketadi. S.i.ning konstruktsiyasi suv o’tkazmaydigan, sut va sirka kis- lotalari ta’siriga chidamli bo’lishi kerak. Ichki devorlari beton, temirbe — ton, gisht va b.dan, osti albatta beton- dan qilinadi. Er osti suvi yuza bo’lgan (2-3 m) joylarda er ustiga beton tran- sheyalar o’rnatib, uning sirt tomonidan tirgaklar qo’yiladi va tirgaklar ora- ligiga silos qishda muzlab qolmasligi uchun tuproq bostiriladi. Qulayligi va kam mehnat talab kilishi tufayli transheyalardan O’zbekistonda ham keng foydalaniladi. 20-a.ning 90y.laridan O’zbekistonda o’tkazilgan iqtisodiy isloxrtlar va xususiylashtirish jara- yonida yirik chorvachilik komplekslari o’rnida kichik fermalar paydo bo’ldi. Shunga muvofiqholda tubining eni 4-5 m, yuqori eni 5-6 m, bal. 2,5—3 m, uz 25 m bo’lgan transheyalar ishlatilmoqda. Ro’shmat Hamroqulov.