Simmetriya
Simmetriya (fizikada) — hodisalar, moddalar tuzilishi va ularning fizik xossalari, harakat va saqlanish qonunlarining ayrim almash- tirishlarga nisbatan o’zgarmay saqlanish (invariantlik) xususiyatini ifodalov- chi tushuncha. Mas, qor uchquni yoki muz- lagan oyna, barg yoki gul, kapalak yoki asalari uyasi, kristallar va b. tuzili- shida qandaydir mutanosiblik, tartib, qonuniy takroriylik ro’y beradi. Ana shu takroriylik S. hisoblanadi. Fazo va vaqt S.lari mavjud. Fazo S.si — turli nuqtalar va yunalishlarda fazo xususi- yatlarining uzgarmasdan saqlanishi. Tur- li nuqtalarda fazo xususiyatlarining bir xilligi fazoning bir jinsliligi, turli yo’nalishlarda fazo xususiyatla- rining bir xilligi esa fazoning izo- tropligi deyiladi. V a QT S.si energiya, harakat mikdori va harakat mikdori momentining saqlanish qonunlari b-n bog’liq. Energiyaning saqlanish qonuni vaqtning bir jinsliligi b-n, harakat mikdori momentining saqlanish qonuni esa fazoning izotropligi b-n bevosita boglangan. Fizikadagi nisbiylik naza- riyasini vakt va fazo S. nazariyasi deb qarash mumkin. S. tashqi vaichki shakllarda mav- jud bo’lib, geometrik tasvirlar: nuqta, to’g’ri chiziq, tekislik va b.ga nisbatan almashtirish qo’llab, fizik hodisalar va qonunlar S.si tahlil etiladi. Bu hodisalar va qonunlar fazovaqtni uz- luksiz va diskret almashtirishlariga, Ayniy zarralarni o’rin almashtirish- lariga nisbatan simmetrik bulishi mumkin. Mas, faol moddasi ammiak NH3 bulgan kvant generatorida bir ne- chta ammiak molekulalari shu tipdagi boshqa ammiak molekulalari b-n al- mashtirilganda, generator chikarayotgan 1,24 sm li elektromagnit nurlanish Pa- rametrlari o’zgarmaydi. Umumiy holda bir xil zarralardan tashkil topgan tizimni kvantmexanik tahlilida bir xil zarralarni urin almashtirishlarga nisbatan S.si ularni ayniylik printsi- piga olib keladi. Fazovaqtni uzluksiz almashtirishlar fizika qonunlarini fazo va vaqtning siljishiga nisbatan simmetrik bo’lishini bildiradi. Mas, Maksvell tenglamalari Lorents almash- tirishlarigg nisbatan simmetrikdir. Fazovaqtni diskret almashtirishlar re- lyativistik kvant nazariyaning mahsuli bo’lib, yangi tipdagi S.ni kashf etdi. Bir vaqtda fazo inversiyasi (R), vakt inversi- yasi (T) va zaryad ishorasi o’zgartirilishi (S) almashtirishlariga nisbatan fizik hodisalar qonunlarining simmetrikli- gini ko’rsatadi va SRT S.si deb yuriti- ladi. Elementar zarralar va maydonlar nazariyasi fizikasida o’ziga xos S. tur- lari: SU(3) — S, izotopik S, super S, rangli S, kalibrlangan S, dinamik S. va S.ning boshka turlari kashf etilgan. Ad.: Lyaxovskiy V. D., Boloxov A. A., Gruppi simmetrii i Elementarnie cha- stisi, L., 1983; Cheng G. P., Li L. F., Kalibrovochnie teorii v fizike elementarnix chastis, M., 1987.