Simmetriya

Simmetriya (biologiyada), bio- simmetriya — tirik organizmlar qismlarining fazoviy o’zaro mutanosib joylashuvi xususiyatlari. Biologik ob’- ektlar strukturaviy S.sini aniklash ularning tashqi ko’rinishi va ichki tu- zilishini aniq tavsif etish imkonini beradi. Strukturaviy S. biologik ob’- ektlar struktura elementlarining izchil takrorlanishi tarzida namoyon bo’ladi. Strukturaviy S.ga ko’ra, ob’ektning simmetrik ko’rinishi uning struktura elementlari, ya’ni ob’ektning bir xil qismlari tartibini belgilovchi geome- trik elementlar (nuqta, chiziq, tekisli- klar) b-n ta’riflanadi. Floks o’simligi gulining S.si bunga misol bo’la oladi. Kapalak gavdasi S.si uni o’ng va chap deb ataladigan 2 qismga, ya’ni tekislikka bo’lib turadi. Bunday tekislikning har biri ikkinchisining ko’zgudagi aksiga aynan o’xshash bo’ladi. Tirik tabiatda S.ning bir necha xili uchraydi. Tirik tabiatning tarixiy rivojlanishi davomida S. shakli ham o’zgarib borgan. Mac, tiriklik rivojla- nishning ilk davrlarida nuqtali S.li, to’g’ri ko’p burchakli va sharsimon S.li organizmlar keng tarqalgan. Evolyusi- yaning yuqori bosqichlarida o’simlik va hayvonlar uchun, asosan, aksial S. va AK- tinomorf S. xos. Aksial S.li organizm- lar p tartibli S. o’qiga ega. Aktinomorf S.li bioob’ektlar esa p tartibli S. o’qi va bu o’qni kesib o’tgan t ta tekislikka ega bo’ladi. Tirik tabiatda asimmetriya va ikki tomonlama, ya’ni bilateral S. keng tarqalgan. Asimmetriya ko’pchilik o’simlik turlarining barglari, ikki to- monlama S. odam, umurtqali hayvonlar va ko’pchilik umurtqasizlar uchun xos. Biologik ob’ektlar S.sini o’rganish ularning tuzilishi, kelib chiqishi, ri- vojlanishi, xossalari va funktsiyasini yaxshiroq anglab olishga yordam beradi.