Sindh adabiyoti

Sindh adabiyoti — Sindh xalqi adabiyoti, Pokiston va Hindistoi adabi- yotlaridan biri. S.a. qad. xalqog’zaki ijo-Di an’analariga ega. «Mahabharatatmng Sindh tilidagi varianti S.a.ning eng qad. yodgorligi hisoblanadi (9-10-a. lar). Sindh yozma adabiyotining qadimiy namunalari Samar sulolasi hukmronligi davri (1051— 1351)ga to’g’ri keladi (bu davr shoirlari orasida mashhuri Shayx Hamad bin Rashididdin Jamoliydir). Ilk Sindh she’riyati, asosan, diniymi- stik ruhda bo’lib, an’anaviy hind she’r tizimi (shloka)da yozilgan. 16-a.da Sindda arg’unlar, so’ngratarxonlar sulolasi hukmronlik qilib, fors tili saroy tiliga aylangan. Sindh tili esa o’z mavqeini yo’qota bosh- lagan. Adabiyot xalq og’zaki ijodi b-n yana ham yaqinlashgan. Hindumusulmon madaniy sintezi Shoh Abdulkarim bula- riy, Maxdum No’hxalakundiy kabi sho- irlarning she’rlarida yaqqol aks etgan. 18-a.da mahalliy kalharlar sulolasi hokimiyatga kelgach, Sindh tilida ijod qiluvchi shoirlarga homiylik qildi. Shu davrda sindhadabiyotining klassi- gi Shoh Abdullatif Bhitaining ijodi gullab yashnadi. U Sachal Sarmast, Samiy va b. b-n birga o’rta asr S.a.ni yuksak cho’qqilarga ko’tardi. Asl sindhiy she’r shakllari kafiy va Do’ha o’rnini fors she’riy janrlari egallay boshladi. In- glizlar Sindni zabt etganidan keyin (1843) fors tilining ta’siri ayniqsa kuchaydi. 19-a.ning oxirlarida Sindda ma’- rifatchilik harakati vujudga keldi. Fors, urdu, Bengal va ingliz tillaridan tarjimalar paydo bo’ldi. S.a.da nasriy janrlar ancha kech shakllandi. Mirzo Qilichbek (1853-1929) Sindh tilida dastlabki «go’zallik» (1890) romanini yaratdi. U. Shekspir, R. Sheridan, G. Ib- sen pesalarini, Umar Xayyomning rubo- iylarini bu tilga erkin tarjima kildi. Birok,, professional teatrning yo’kligi dramaturgiyaning rivojiga xalaqit ber- Di. Havaskor truppalar, asosan, «Ramaya- na» va «Maxabharata» syujetlari asosi- da yozilgan pesalarni qo’yardi. 20-a.ning 30y.larida S.a.da taraqqiyparvar realistik yo’nalish Vu- judga keldi. Unga Hind taraqqiyparvar yozuvchilari assosiasiyasi katta ta’sir ko’rsatdi. Hindiston taqsimlanganidan keyin (1947) shu paytgacha yagona bo’lgan S.a. endi 2 davlatda rivojlana boshla- Di. Pokistonda Sindh adiblari, asosan, «Mehran» jur., Hindistonda esa — «Hindvasiy», «nayi dunya», «Kahaniy» va b. jurnallar tevaragiga jipslashdi. Hindistondan Narayan Shyam, Anchal. Mahbubiy, Go’bind Malhiy, Pokiston- dan Bevas, Ayoz Shayx, Murod Ali Kozim, Haydar baxsh Jato’y kabi shoirlar. Ja- miluddin Abro’, Tanvir Abbosiy, Qurbon Ali Buggiy, Rashid Bhattiy va b. adiblar hoz. zamon S.a.ning yirik vakillaridir. Ansoriddin Ibrohimov