Sindhlar

Sindhlar — asosan, Pokistonning Sind viloyati (16,8 million kishi, 1990 yillar o’rtalari)da, shuningdek. Hindiston (2 million kishidan ortiq)da yashaydigan xalq. Antropologik jihatdan yevropeoid irqqa mansub. Sindhtilida suzlashadi. Dindorlari — sunniy musulmonlar. Hindistondagi Sindhlar, asosan, hinduizmga e’tiqod qiladi. Sindhlarning asosiy mashg’uloti dehqonchilik; chorvachilik, balstq ovlash va hunarmandchilik bilan ham shug’ullanadi. Gilam to’qish rivojlangan.