Sinflar, ijtimoiy sinflar
Sinflar, ijtimoiy sinflar — nisbatan barkaror katta ijtimo- iy qatlam, guruhlar (mas, dehqonlar, ishchilar, burjuaziya, o’rta sinf). «Sinf», «sinfiy kurash» to’g’risidagi qarashlarning paydo bo’lishi nisbatan uzoq o’tmishga ega. Lekin, S. kontsepsiyasi 19-a.da Evropada keng yoyilgan (K.A. Sen- Simon, O. Terri, F. Gizo va b.). K. Marks va F. Engels S. mavjudligini muayyan i.ch. usuli, mehnat taqsimoti va xususiy mulk b-n bog’ladi, S. kurashini tarixni harakatlantiruvchi kuch deb hisobladi (q. Marksizm, Sosializm). Ular jami- yatni mulkdorlar (ekspluatatorlar) va yo’qsillar (ekspluatasiya qilinuvchilar) sinfiga ajratib tushuntirgan. Bu ikki sinf o’rtasida doimo kurash bo’ladi deb hisoblab, jamiyat tarixiga S. kurashi tarixi sifatida karagan. Ular, S.ning mavjudligini jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichi b-n bog’liq, sinfiy ku- rash proletariat diktaturasiga olib keladi, uning maqsadi sinfeiz jamiyat qurishdan iborat, deb tushuntirishgan. Jamiyat tarixini bunday tushunish, ij- timoiy S.ga bunday yondashuv tarixda urushlarga, inqilobiy to’ntarishlarga, jamiyatning ichdan bo’linib ketishiga, guruhlarning birbiriga yovuzlarcha muno- sabatda bo’lishiga olib keldi. Ijtimoiy taraqqiyot bu ta’limotning ilmiy asosi yo’qligini, ma’rifiy rivojlanishga zid ekanligini ko’rsatdi. Hoz. sosiologiyada jamiyatni S.ga va b. ijtimoiy guruxlarga bo’lishning turli mezonlari ilgari surilmoqda. O’zbekistonda S.ni ikkiga bo’lib o’rganishga barham berildi. Mulkning xilmaxilligi yoki xilmaxil shakllar- dagi mulk e’tirof etiddi. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida «har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli…» (36modda), «…Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxleiz va davlat himoyasidadir…»(53modda) deb belgi- lab qo’yilgan. Bu ijtimoiy sinf tushun- chasini yangicha tushunish va unga yangicha yondoshishdir. O’zbekistonda fukarolarga mulkdor bo’lish huq>’qining berilishi jamiyatni qaramaqarshi S.ga bo’lish va bo’lib o’rganish goyasini ham inkor eta- Di. «O’rta mulkdorlar sinfi», «o’rta mulkdorlar katlami», «mulkdorlar sinfi» degan tushunchalar S.ni an’ana- viy tushunishdan tubdan farq qiladi. O’zbekistonda qurilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati fuqarolar o’rtasida ijtimoiy hamjiqatlik g’oyasiga tayana- Di. Jamiyatda hammaga bir xil imkoni- yat yaratiladi, lekin undan har kim o’z qobiliyati, qiziqishiga ko’ra foydala- nadi. Bu tabiiy jarayon bo’lib, kishilar- ning mulkdorlik darajasi hamda jami- yatda mulkdorlar qatlamining shakllani- shida o’z ifodasini topadi. Ad.: Karimov I., O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taadid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot ka- folatlari, T., J997. Ibodulla Ergashev.