«Sinxua»

«Sinxua» («yangi Xitoy») XXR ning davlat axborot agentligi. 1938 yilda Yanan shahrida Xitoy KP axborot agentligi sifatida tashkil topgan. 1940 yildan Pekinda joylashgan. Mamlakat matbuoti, televideniye va radiosiga mamlakat va xorij hayotiga oid turli mazmundagi xabar va ma’lumotlar yetkazib beradi. Ayni paytda turli mazmundagi axborot, ma’lumotlarni xorijga tarqatadi.