Sirdaryo tumani
Sirdaryo tumani — sirda- ryo viloyatidagi tuman. 1939 y. 10 Fev. da tashkil etilgan. Shim.sharkdan tosh- kent viloyati, Jan.sharkdan Sayxunobod, Jan.dan Guliston tumanlari, g’arbdan Qozog’iston Respublikasi b-n chegaradosh. Mayd. 0,55 ming km2. Aholisi 110,5 ming kishi (2003). Tumanda 2 shahar (Sirdaryo, Baxt.), 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Ma- lik, Paxtazor, Sirdaryo, Turon, Usmon Yusupov, Xalqobod, Cholto’qay, Sholikor, Haqiqat) bor. Markazi — Sirdaryo sh. Tabiati. Er yuzasi pastbaland te- kisliklardan iborat (o’rtacha bal. 240 m), shim.Sharq tomonga bir oz kiya. Er osti suvlari yuza, sho’r. Tuman hududining shim. shim.sharqtomonidan Sirdaryo, G’arb tomonidan Kirov nomli kanalningo’ngtarmoqlari o’tadi. Oqova sho’r suvlar chiqarib yuboriladigan ka- nal, ariqzovur bor. Iqdimi keskin kon- tinental. Iyulning o’rtacha t-rasi 27°— 29°, eng yuqori tra 42°, yanv.ning o’rtacha t-rasi -4°, eng past tra -33°. Vegeta- tsiya davri 195-200 kun. Yillik yog’in 260-280 mm. Tuproqlari bo’z, allyuvial, o’tloqi botqrq va sho’rxok tuproqlar. Yov- voyi o’simliklardan shuvoq, yantoq, sho’ra, qo’ng’irbosh, qiyoq, qorajusan, oqbosh, qamish, har xil butalar, tol, jiyda te- rak va b. o’sadi. Yovvoyi hayvonlardan, chiyabo’ri, tulki, bo’rsiq, quyon, ondatra, kalamush, kaltakesak, ilon; parranda- lardan o’rdak, tustovuq, kalxat, chug’urchiq; suv havzalarida har xil baliqlar bor. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuning- dek, tojik, tatar, qozoq, rus, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 km2ga 201 kishi. Qishloq aholisi 75,7 ming kishi, shahar aholisi 34,8 ming kishidan ziyod (2003). Xo’jaligi. Tuman xo’jaligi, asosan, q.x.ga ixtisoslashgan. S.t.da 160 kichik va xususiy korxona, 3 qo’shma korxona bor. Sanoat korxonalaridan Toshkent ma- shinasozlik z-dining filiali, qurilish tashkilotlari, 5 avtokorxona, ReFDepo maktab va sport jihozlari, sut, guruch, 2 paxta tozalash va non z-dlari, Yangiyo’l poyabzal f-kasining filiali, bosmaxo- na, qandolatchilik, kvas va limonad i.ch. korxonalari, Sirdaryo sh. bozori faoliyat ko’rsatadi. Q.x.ning etakchi tarmog’i — Paxtachi- lik, 12 shirkat, 793 fermer xo’jaligi bor. Tumandagi sug’oriladigan er maydo- ni 27502 ga, shu jumladan, 14760 ga erga paxta, 8666 ga erga don, 890 ga erga beda, 68 ga erga sabzavot va poliz, 1241 ga erga em-xashak ekinlari ekiladi. 1051 ga er mevazor va tokzor. Tuman jamoa va shax- siy xo’jaliklarida 24990 qoramol (shu jumladan, 10152 sigir), 10610 qo’y va echki, 4,4 ming parranda, 834 ot boqiladi. S.t.da 32 kutubxona (296 ming kitob), 16 klub va madaniyat uyi ishlab turibdi. 45 umumiy ta’lim maktabi [(shu jumla- dan, 1 boshlang’ich, 6 to’liqsiz tayanch, 38 o’rta umumiy ta’lim (shundan 1 ixti- soslashgan o’rta maktab)] bo’lib, ularda 24456 o’quvchiga 1813 o’qituvchi ta’lim- tarbiya bermoqda. Kasb-hunar liseyi, 2 kasb-hunar kolleji, Sirdaryo pedagogika kolleji, 2 kasb-hunar maktabi, musiqa va san’at, 3 sport maktabi mavjud. Mar- kaziy stadion, bir qancha sport maydon- lari va sport inshootlari bor. Tumanda Markaziy kasalxona, tug’ruqxona, Shoshi- Linch tibbiy yordam bo’limi, feldshera- kusherlik punktlar, qishloq vrachlik am- bulatoriyalari, dorixona va b. tibbiy mu- assasalarda 201 vrach, 1005 o’rta tibbiy xodim ishlaydi. Tuman hududidan kata O’zbekiston trakti o’tadi. 2004 y.dan Toshkent — Samarqand yo’nalishida kat- nay boshlagan elektr poezdi, Guliston — Toshkent elektr poezdi, Sirdaryo st-yasi orqali Toshkent — Andijon — Naman- gan, Toshkent — Jizzax, Moskva — Du- shanba poezdlari o’tadi. 1963 y.dan «Sirdaryo» tuman gaz. chiqadi (adadi 2635).