Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati — Turkiston generalgubernatorligining 5 viloyati- dan biri. 1867 y. tashkil etilgan. Tarki- bida g’azali, Perovskiy, Chimkent, avli- yoota, Toshkent (1887 y.gacha Qurama nomi- da). Xo’jand (1887 y.gacha), Jizzax (1872 y.gacha) uezdlari, Toshkent sh. va 1886 y.dan Amudaryo bo’limi kirgan. 1910 y.gi ma’lumotga ko’ra, Sv. maydoni 439428 kv chaqirim; aholisi 1911464 kishi bo’lgan (1867 y. 675 000, 1917 y. 2155 500). S.v.dagi aholi o’troq, yarim o’troq, ko’chmanchi, yarim ko’chmanchilarga bo’lingan. 20-a. boshlarida viloyat aholisining 1/3 qismi o’troq va 2/3 qismi ko’chmanchi bo’lgan. S.v.ning shim.g’arbiy qismi (Perovskiy, G’azali, Chimkent, Avliyoo- ta va Amudaryo bo’limining katta qismi) da, asosan, ko’chmanchilar, qozoklar, qirg’izlar, qoraqalpoklar, turkmanlar, lo’lilar yashagan. O’troq aholi tarkibiga: o’zbek, sart, tojik, Buxoro yahudiylari, tatarlar, Rossiyadan ko’chirib keltiril- gan rus dehqonlari va b. kirgan. O’troq. aholi dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo b-n, ko’chmanchilar esa, asosan, chor- vachilik, yarim ko’chmanchilar dehqonchilik va chorvachilik b-n shug’ullanishgan. SV. uezdlari uchastka, volost, shu- ningdek, ayrim qishloq va ovullardan tarkib topgan ovul va qishloq jamoala- riga bo’lingan. Ko’chmanchilarga doimiy foydalanish uchun berilgan barcha erlar davlat mulki hisoblanib, bu e’rlarni ular boshqa shaxslarga berib turishla- ri yoki sotishlari man qilingan. 1915 y. S.v.da ekin ekiladigan 1079713 desya- Tina er, foydalanilmaydigan 33855811 desyatina er bor edi. 1915 y S.v.da umu- miy uz. 17151 chaqirimdan iborat 3006 ta ariq bo’lgan. 1900 y.da S.v.da 49 ta Ma- drasa (1099 talaba), 1809 maktab (19453 o’quvchi) bo’lgan. SV. Turkiston o’lkasining Rossiya ichki bozorlari b-n savdo alokalari- da muhim rol o’ynagan. S.v.dan chetga, asosan, paxta, teri, jun, bug’doy, meva, chorva jo’natilgan. Rossiyadan esa gaz- Lama, yog’ochtaxta, kerosin, temir, po’lat, cho’yan, mis va mis buyumlar, attorlik va baqqollik tovarlari, choy, qand, poy- Abzal, bug’doy, baliq va b. keltirilgan. 1908 y. SV. da 156 ta kustar tipidagi f-ka va z-dlar (1460 ishchi) bo’lgan. S.v.da 1884 y. 300 desyatina erga, 1914 y.ga ke- lib esa 83906 desyatina erga Amerika pax- ta navi ekilgan. S.v.da chorakorlik keng tarqalgan. 20-a. boshlariga kelib Sv. da pod- sho hukumatining mustamlakachilik si- yosatiga qarshi ozodlik qarakati avj olgan. 1916 y.gi mardikorlikka olish haqidagi podsho farmoniga javoban viloyatning barcha uezdlari va Amudaryo bo’limida g’alayonlar bo’lib o’tgan. Ko’p qishloklarda dehqonlarning g’alayonlari polisiya va qo’shinlar b-n to’qnashuvga aylangan. Bunday to’qnashuvlar 12 iyulda Yangibozor qishlog’ida, 13 iyulda To’ytepa qishlogida, 14 iyulda Troisk, Xonobod va Piskent qishloqlarida bo’lib o’tgan. Bulardan tashqari, qo’zg’olonlar Jalol- tepa, Xitoytepa, Qo’shqo’rg’on, Oqqo’rg’on, Jousg’um, Oltin volostlariga ham Yoyil- gan. 1924 y. S.v. O’rta Osiyo respublika- larida milliy chegaralanish o’tkazilishi tufayli tugatilgan.