Sirot

Sirot (Arabcha — yo’l) — Islom manbalarida qiyomat kuni Jahannam uzra tortiladigan qilko’prik; fors va turkiyzabon xalqlarda Pulsirot («Sirot ko’prigi») deb yuritiladi. Diniy e’tiqodga ko’ra, jannatga eltuvchi Yagona yo’l mazkur («soch tolasidan ingichka, shamshirdan o’tkir») Pulsirot bo’lib, har bir banda undan yurib o’tishga majbur etiladi. Ba’zilar tez, ba’zilar sekinroq o’tsa, ba’zilar qulab, jahannamga ravona bo’ladi.