Sistema, geologik sistema

Sistema, geologik sistema — yer pusti va yerning organik dunyosi rivojlanishidagi tabiiy bosqichga mos keladigan xalqaro stratigrafik shkalaning asosiy bo’linmasi. Geologik sistema shakllangan oraliq vaqt geologik davr deb ataladi. Yerning eng yangi tarixi — fanerozoyda jami 12 geologik sistema mavjud; ularning ketma-ketligi 19-asrning 1-yarmi davomida aniqlangan va 1881 yil Bolone shahrida xalqaro geologik Kongressning 2-sessiyasida tasdiqlangan.