Sistematika

Sistematika (Yun. Systematikos — tartibga solingan) — biol. bo’limi. Hoz. mavjud bo’lgan va qirilib ketgan organizmlarni tavsiflash, ro’yxatga olish va taksonlar bo’yicha tasnif qilish b-n shugullanadi. S. biol.ning barcha bo’limlari, ayniqsa, evolyusion ta’li- mot ma’lumotlariga tayanadi; kupchilik biol. fanlari uchun asos bo’ladi. Ayrim hollarda taksonomiya tushunchasi ham S.ning sinonimi sifatida ishlatiladi. Tasnif kilishda organizmlarni tavsif- lovchi ayrim xususiy belgilar (morfolo- gik, fiziologik, biokimyoviy, ekologik va b.) emas, balki ularning majmuasi- dan foydalaniladi. Organizm uchun xos xususiyatlar kanchalik ko’proq inobatga olinsa, sistematik birlik organizmlar o’rtasida qarindoshlikni, ya’ni ular- ning kelib chiqishidagi umumiylikni shunchalik aniq ifodalaydi. Mas, aku- lalar b-n kitsimonlarning yoki qushlar b-n ko’rshapalaklarning ayrim tuzilish belgilari o’xshash bo’lishiga qaramasdan ular har xil sistematik guruhlar (sin- Flar)ga mansub. Bu hayvonlarning bar- chasi xordalilar tipiga kiradi. Shuning uchun barcha xordalilar o’rtasida muayyan o’xshashlik mavjud. Organizmlarni tasnif qilishga urinish qad. tarixdan ma’lum (Aristo- tel, Teofrast va b.); lekin faqat J.Rey (1686-1704) va, ayniqsa, K. Linney (1735 y.dan boshlab) ishlari natijasi- da ilmiy S.ga asos solindi. Dastlabki ilmiy S. organizmlarning faqat tashqi tuzilishiga asoslangan bo’lib, ular o’rtasida qarindoshlik munosabatlari inobatga olinmaganligidan sun’iy S. hisoblanadi. Ch. Darvin ta’limoti S.ga evolyusion mazmun berdi. Evolyusion ta’limotning yaratilishi b-n S.da orga- nizmlar o’rtasidagi geneologik munosa- batlar asosiy o’rinni egallay boshladi; sun’iy S.ning o’rnini tabiiy S. egalla- Di. S.da evolyusion yo’nalish b-n birga kladistik (filogenetik) va sanokli (Fe- netik) yo’nalish ham mavjud. Kladistik metod yordamida alohida shoxlarning Fi- logenetik shajaradan ajralib chiqishiga binoan taksonlar darajasi aniklanadi. Bu metodda ayrim guruxlardagi evolyu- tsion o’zgarishlar miqyosi inobatga olin- maydi. Mas, kladistik metod bo’yicha sut emizuvchilar mustaqil sinf bo’lmasdan, sudralib yuruvchilarning bitta takso- ni hisoblanadi. Sanokli, ya’ni rakamli S.da organizmlarning ixtiyoriy olingan ko’pchilik belgilari matematik yo’l b-n taxlil qilinib, har bir belgiga alohida ahamiyat beriladi. Tasnif alohida olin- gan organizmlarning birbiridan farq qiladigan belgilariga asoslanib tuzila- Di. S.ning eng asosiy metodi solishtir- mamorfologik metod hisoblanadi. Hoz. S.da yangi metodlar, mas, elektron mikro- skopiya, kariosistematika (xromosoma apparatining tuzilishi) ham qo’llanadi, 20-a.ning o’rtalaridan boshlab, S.da bio- kimyoviy ma’lumotlar (xemosistematika) dan ham foydalanila boshlandi. Orga- nizmlardagi asosiy oqsillar molekula- sida aminokislotalarning, DNK va r-nk molekulalarida nukleotidlarning ket- ma-ketligini o’rganish (genosistemati- ka) S.ni qo’shimcha ma’lumotlar b-n boyi- tadi. Hayvonlar S.sida etologiya (xatti- harakatlar)ga oid ma’lumotlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Yangi metodlarning qo’llanishi va turning populyasiya tarki- bi o’rganilishi S.da yangi davrni boshlab berdi. Har qanday tirik organizmni o’rganish uchun avvalo uning boshqa or- ganizmlarga nisbatan o’rnini va ular b-n filogenetik munosabatlarini ani- klash lozim. Turlar o’rtasidagi siste- matik munosabatlar to’g’risida tasav- vurga ega bo’lish genetik va biokimyoviy tadqiqotlar uchun ham zarur. S. ayniqsa bir vaqtning o’zida ko’plab turlar b-n tadqiqot olib boriladigan ekologiya va biogeografiya sohasidagi tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega. Stratigrafiya va geoxronologiya ham avvalo qazilma hayvonlar va o’simliklar S.siga asos- langan. S. tirik tabiatni muhofaza qilishni tashkil etishda benihoya katta ahamiyatga ega (yana q. Organizmlar siste- masi). Ad.: Molekulyarnie Osnovi genosi- stematiki, M., 1980; printsipi ekolo- gicheskoy sistematiki, perevod s Angliy- skogo, M., 1971.