SIYDIK HAYDOVCHI DORILAR

SIYDIK HAYDOVCHI DORILAR (diuretiklar), peshob haydovchi dorilar — organizmdan siydik chiqarilishini kuchaytiradigan dorilar. S.h.D. to’qima va tana bo’shlig’idagi suyuk/ShK mikdo- rini kamaytiradi, shuning uchun ular organizmda suv go’planib shish paydo qiladigan ayrim yurak, buyrak va jigar kasalliklarida hamda qon bosimini tu- shirishda qo’llanadi. S.h.D. siydik hosil bo’lishiga ta’- sir ko’rsatib diurezni oshiradi. Ta’- sir qilish mexanizmiga ko’ra, ularni 2 guruhga bo’lish mumkin: 1) bevosita buy- rakning siydik hosil qiluvchi vazifa- siga ta’sir ko’rsatuvchi; 2) siydik hosil bo’lishining gormonal nazoratiga ta’sir ko’rsatuvchi. Birinchi guruhga mansub dori vo- sitalari buyrak naylari epiteliysiga ta’sir ko’rsatib, ularning reabsorbtsiya qilish (qayta so’rilish) vazifasini Su- saytiradi yoki naychalar ichidagi Osmo- tik bosimni oshiradi, natijada natriy, xlor, kaliy ionlari va u b-n bog’liq suv- ning reabsorbtsiyasi kamayadi (dixlotia- zid, klopamid, furosemid, etakrin kis- lotasi, mannit, mochevina va b.). Ikkinchi guruhga mansub dori vo- sitalari atdosteronning antagonisti hisoblanadi (spironolakton). Buyrak usti bezining gormoni — aldosterone natriy ionlarining qayta so’rilishini va kaliy ionlarining sekresiyasini boshqaradi. Spironolakton esa buyrak nefronlariga aldosteronga karagan- da qaramaqarshi ta’sir ko’rsatadi, ya’ni gormon ta’sir qiluvchi reseptorlarni to’sib, siydik b-n natriy, xlor ionlari va shunga mos mikdordagi suvning chiqib ketishini ta’minlaydi. Har xil o’simliklar (bo’tako’z, da- lachoy, limono’t, sariqchoy, tog’rayxon, qariqiz, chuchukmiya va b.) tarkibiga ki- ruvchi moddalar ham siydik haydovchi vo- Sita sifatida qaynatma yoki damlama sha- klida azaldan xalq tabobatida qo’llanib kelingan. Bundan (behi, tarvuz, piyoz, sarimsoq, uzum va b.) tashqari, ma’lum bir mevasabzavotlar ham shunday xossaga ega S.h.D.ni qabul kilganda siydik b-n boshqa ionlar (xlor, kaliy ionlari) xam tashqariga ko’p chiqib ketadi, bu — orga- nizm ba’zi funktsiyalarining buzilishi- ga sabab bo’lishi mumkin. Buning oldini olish maqsadida S.h.D. b-n davolashda tarkibida kaliy ko’p bo’lgan o’rik, sabzi va b.ni ham iste’mol qilish buyuriladi. S.h.D.ni faqat vrach ko’rsatmasiga ko’ra qo’llash lozim, chunki bu dorilar- ning bir qancha nojo’ya ta’sirlari mav- jud (gipo va giperkaliemiya, giperurike- miya, alkaloz, asidoz, yurak aritmiyalari, ginekomastiya, allergik reaktsiyalar, ne- frotoksiklik va b.).