Siyosiy partiyalar

Siyosiy partiyalar — ijtimo- iy guruxlar manfaatlarini ifodalovchi, ularning eng faol vakillarini birlash- tiruvchi siyosiy tashkilotlar. S.p. ja- miyat siyosiy tizimining muxim kismi, ular davlatning siyosiy yo’nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasala- rini shakllantiradi. Dastlabki S.p. 17-18-a.lar inqiloblari davrida pay- do bo’la boshlagan bo’lsada, S.p.ga o’xshash jamoa, tashkilotlar qadimdan mavjud edi. Afina geteriyalari, Rim optimat va populyarlari antik davrda S.p. vazi- fasini bajargan. Sp.ning universal shakli asosan, qarindoshlik aloqalari b-n boglangan kishilar guruhi va maxfiy tashkilotlar bo’lgan (Yorklar va Lanka- sterlar — o’rta asrlar Angliyasida; Ali tarafdorlari — o’rta asrlarda Arabi- stonda). Osiyo davlatlarida hoz. kunda ham qarindoshlik va yurtdoshlik tamoy- illarining Sp.ning shakllanishi va FA- oliyat ko’rsatishida ahamiyati katta. Markaziy Osiyoda Sp. tuzish uchun ta- rixiy-ijtimoiy vaziyat 19-a.ning oxi- ri — 20-a.ning boshlarida yuzaga kela boshladi. Jadidlar va ma’rifatpar- varlarning xalq orasida ma’rifatni yoyib, uning siyosiy faolligini oshi- rish, ommani chor Rossiyasi tarkibida muxtoriyatga erishishga da’vat qilish, o’lkada mustaqil milliy davlat yaratish masalasini o’rtaga qo’yish borasidagi harakatlari shundan dalolat berardi (q. Jadidchilik). Lekin ularning inti- lishlariga chor hokimiyati va mahalliy hukmdorlar boshdan qarshilik qildi. Oqibatda, mintaqada 1917 y.gacha bo’lgan davrda siyosiy, nazariy va tashkiliy jihatdan etuk Sp. shakllanib ulgurma- Di. Okt. to’ntarishi arafasida va undan keyin o’zini namoyon eta boshlagan siyo- siy tashkilotlar va ularning rahbarlari qatag’onga uchradi, badarg’a va surgun qilindi (q. «Milliy Ittihod», yosh bu- xoroliklar, yosh xivaliklar). Sho’rolar davrida esa hukmron kommunistik par- tiyadan boshqa bironbir partiyani tuzish taqiqlandi. O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’lganidan so’ng Sp.ning shakllanishi va faoliyat olib borishiga imkoniyat yaratildi. Mamlakatda hoz. paytda 5 ta siyosiy partiya (O’zbekiston Xalq demo- kratik partiyasi, O’zbekiston «Adolat» sosialdemokratik partiyasi, O’zbekiston Milliy tiklanish demokratik parti- yasi, O’zbekiston Fidokorlar milliy demokratik partiyasi, O’zbekiston li- beraldemokratik partiyasi) mavjud. Bu S.p. o’z faoliyatini O’zbekiston Re — spublikasining Konstitusiyasi (1992 y. 8 dek.), O’zbekiston Respublikasi- ning «siyosiy partiyalar to’g’risida»gi qonuni (1996 y. 26 dek.), boshqa qonun hujjatlari, shuningdek, o’z ustavi asosida amalga oshiradi. S.p. tashkil etish huquqi Konstitusiyaning 34mod- dasida mustahkamlangan. Konunga ko’ra, Sp. fuqarolarning huquq va erkinli- klarini amalga oshirish maqsadida, xohishirodani erkin bildirish, parti- yaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, a’zolarining teng huqukliligi, o’zini o’zi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va fao- liyat ko’rsatadi. Lekin Konstitusiya- viy tuzumni zo’rlik b-n o’zgartirishni maqsad qilib qo’yuvchi; O’zbekiston Re- spublikasi suvereniteta, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning kon- stitusiyaviy hukuq va erkinliklari- ga qarshi chiquvchi; urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ’ib qiluvchi; xalqning sog’lig’i va ma’naviya- tiga tajovuz qiluvchi; milliy va diniy ruhdagi partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko’rsatishi taqiqlanadi. S.p. to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi- ning qonuni bo’yicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qiluvchi shax- slar (sudyalar, prokurorlar va prokura- tura tergovchilari); ichki ishlar organla- ri, milliy xavfsizlik xizmati xodim- lari, harbiy xizmatchilar, xorijiy dav- latlarning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar S.p.ga a’zo bo’la olmaydilar. S.p.ga a’zolik faqat yakka tartibda qayd etiladi. Bir partiyanin- ga’zosi ayni vaqtda 2partiyaga a’zolik- ka qabul qilinmaydi. S.p.ni tuzish uchun kamida 8 ta hududiy sub’ektda (vilo- yatda), shu jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent sh.da yashayot- gan hamda partiyaga birlashish istagida bo’lgan kamida 20 ming fuqaroning im- zosi bo’lishi talab etiladi. S.p. saylab ko’yiladigan davlat organlaridagi o’z vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda, qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Pre- zidenta, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etadi. O’z par- tiyalarining siesatini uyushqoklik b-n o’tkazish uchun O’zbekiston Respublika- si Oliy majlisida S.p.ning fraktsi- yalari, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarida par- tiya guruhlari tuziladi. «Siyosiy par- tiyalar to’g’risida»gi qonunda S.p. fao- liyatining kafolatlari, ularni tuzish, ro’yxatga olish, partiyalar mulki, ular faoliyatini to’xtatish tartibi va b. masa- lalar to’liq ko’rsatib berilgan. Akmal Saidov.