SIZIGIYA

SIZIGIYA (Yun. syzygia — qo’shilish, juftlik) — oyning ikki fazasi — yangi oy va to’lin oyning umumiy nomi. Bu davrda erdan qaraganda oy yangi oy paytida Quyoshga juda yaqin burchak maso- fadan o’tib, u b-n «qo’shilgani» tufayli shunday nom olgan. S. paytida Quyosh va oy er b-n bir to’g’ri chiziqda yotadi. Ularning er sirtiga beradigan ko’tarilishlari maksimum qiymatga ega bo’ladi. Quyosh va oy tutilishlari doimo S. davriga to’g’ri keladi. «S.»atamasi Quyosh b-n birlashish va unga ro’para tu- rish ma’nosida sayyoralarga nisbatan ham qo’llaniladi. Sizif, Sisif (lot. Sisyphus) yunon mifologiyasida shamol ma’budi Eolning o’g’li. Korinf sh. bunyod- kori va shohi. Vafotidan so’ng er osti zulmat dunyosi — Aidaa og’ir mehnatga mahkum etilgan. Unga ko’ra, S. og’ir xar- sangtoshni dumalatib tog’ning tepasiga chiqarishi lozim bo’lgan, biroqhar gal endi cho’qqiga etdim deganda tosh pastga qulab keta bergan. Og’ir. tuganmas, sa — marasiz ish va azobuqubatni anglatuvchi «Sizif mehnati», «Sizif toshi» ibo- rasi shundan. S.ning mana shunday azob- ga mahkum etilganining sababi haqida miflarning turli xil variantlari saqlanib qolgan (xudolarning sirlari- ni oshkor qilib qo’ygani va b.). S obra- zi yunon dramaturgiyasi (Esxil, Sofokl, Evripidlarning saqlanmagan asarla- ri) yangi davr adabiyotida (A. Kamyu, F. Merl) va tasviriy san’atda (Tisian) saqlangan.