Snaryadlar, artilleriya snaryadlari

Snaryadlar, artilleriya snaryadlari (rus. snaryad — asbob) — to’plar, minomyotlar, reaktiv artilleriya qurollaridan otishga muljallangan o’qdori turi. S, asosan, tana (korpus), trasser (iz qoldiruvchi) va portlat- gichdan iborat; faolreaktiv va reaktiv S.da qattiq yoqilg’ili dvigatel ham bo’ladi; ayrim artilleriya siga stabi- lizator (yo’nalishni to’g’rilovchi) ham qo’yiladi. Artilleriya Si kalibriga ko’ra, kichik kalibrli (20-76 mm), o’rta kalibrli (76-152 mm) va yirik ka- librli (152 mm dan yuqori) turlarga, qo’llanilishiga ko’ra, asosiy, maxsus va yordamchi guruhlarga bo’linadi. Asosiy guruhtsagi S.ga fugasli, oskolkali, fuga- soskolkali, kumulyativ (portlash ta’siri bir yo’nalishda jamlangan), zirhteshar, betonteshar S. kiradi. Ular dushman- ning jonli kuchlari, jangovar texnika- si, mudofaa inshootlarini shikastlash uchun otiladi. S.ning maxsus turlari (yorituvchi, tutun tarqatuvchi va aktasion S.) jangovar vazifalarni bajarishni ta’minlash uchun muljallangan. S.ning yordamchi guruxlaridan esa poligonsi- Nov va o’k^v mashqlarida foydalanila- Di. S.ning ichki qismi portlovchi modda (zaryad), fugas, fugasoskolka, kumulyativ, tutun hosil qiluvchi moddalar va b. b-n to’ldiriladi. S.ning quvvati zaryadi- ning turi va massasiga bog’liqbo’ladi. Quvvat snaryadning to’lalik koeffisi- enti (portlovchi modda portlash zaryadi massasining to’liq zaryadlangan snaryad massasiga nisbati) b-n aniklanadi. Bu koeffisient fugasli S. uchun 25%, Fu- gasoskolkali va kumulyativ S. uchun 15%, zirhteshar S. uchun 2,5% gachani tashkil qiladi. Oskolkali S.ning quvvati shi- kastlovchi oskolkalarning soni va shi- kastlash zonasi radiusi b-n ham ifoda- lanadi.