Sobir Abdulla

Sobir Abdulla (taxallusi; asl ism-sharifi Abdullaev Sobir) [1905.5 (18).9, Qo’qon — 1972.24.10, Toshkent] — shoir, yozuvchi va dramaturg. O’zbekiston xalq shoiri (1965). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1944). Dastlab eski maktab, so’ng «usuli jadid» MAK- tabini tugatgach, Qo’qondagi ped. Bilim yurti (1922-24), Toshkentdagi mahalliy kadrlarni tayyorlash kursi (1924-26) da o’qigan. 1926-48 y.larda «yangi Farg’ona», «yosh leninchi» gaz.larida ada- biy xodim, «Mushtum» jur.da bo’lim mu- diri, Andijon viloyat teatri, O’zbek dav- lat filarmoniyasi va Muqimiy nomidagi teatrda adabiy emakdosh (1936). Ilk sherlar to’plami — «Erk ilhomlari» (1931). Shundan keyin uning «Navbahor» (1931), «kuklam na’- rasi», «zavq» (1932), «Gulshan» (1939), «Suz va soz» (1943), «davr qo’shiqlari» (1949), «hayot gulshani» (1959), «hayot qo’shiqlari» (1962), «Devon» (1965; Hamza mukofoti, 1971) kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan. S. A.ning she’riy ijodi lirika, xajviyot va do- stonlardan iborat. S.A. aruz vazniga karshi kurash va umumiy badiiy ijodni mafkuralashtirish jarayoni kechgan bir davrda o’zbek adabieti klassiklarining boy poetik an’analarini davom ettirib, mumtoz adabiyotimiz b-n zamonaviy ada- biyot o’rtasida o’ziga xos ko’prik vazifa- sini o’tagan. S.A. voqelikda ro’y bergan voqea va hodisalarni ifodalashda aruz vazni imkoniyatlaridan samarali foyda- langan, ayniqsa, g’azal janrida kishilar- ga zavqshavq bag’ishlaydigan, ulardagi ez- gulik va nafosat tuyg’ulariga ruhiy oziq beradigan ko’plab asarlar yozgan. Uning bastakorlar tomonidan kuyga solingan eng yaxshi gazallari o’zbek qo’shiqchilik san’atining ravnaqiga muhim hissa bo’lib qo’shiddi. S. A. ayni paytda hajviy she’rlar ham yozgan. Liroepik janrlarda ham samarali ijod qilgan («Manyovr», 1931; «O’rtoq Yoqubova», 1934; «katta Farg’ona kanali» tona Pol- von o’g’li», 1940; «gul va sanam», 1957; «Quralay ko’z bir kelinchak», 1958; «tun va tong», 1971, dostonlar). S.A.ning o’zbek adabieti taraqqiyotiga qo’shgan katta hissasi uning dramalari- dir. «Muxbirga hujum» dastlabki pe- sasi 1927 y. Qo’qon drama truppasi to- monidan sahnaga qo’yilgan. Shundan so’ng S.A. «Bog’bon qiz» (1926, Doston asosi- da), «Bo’ston» (1937) bir pardali pesasi hamda «Tohir va Zuhra» (1939) pesala- rini ezdi. 1940 y.da ilk bor sahna yuzini ko’rgan va hanuzga qadar o’zbek musiqiy teatrlari repertuarlarini bezab kela- yotgan «Tohir va Zuhra» asari S.A. ijo- dining gultojidir. S.A. dramasi b-n Tuxtatsin Jalilovning musiqasi o’zaro uyg’unlashgan holda sevgi va muhabbat haqidagi Sharq afsonasining «Romeo va Juletta», «Layli va Majnun» singa- ri jahon adabiyotining mashhur ishqiy asarlari darajasiga yaqinlashishiga imkoniyat yaratdi. S.A.ning ushbu asari asosida «Tohir va Zuxra» kinofilmi (rejissyor N. G’aniev) va opera spektakli (kompozitorlar T. Jalilov va B. Brov- Tsin) ham yaratilgan. S.A. urush yilla- rida hamkorlikda «Qo’chqor Turdiev» (1941), «Davron ota» (1942), «O’zbekiston qilichi» (1943), urushdan keyingi yil- larda esa zamonaviy hamda tarixiyaf- sonaviy mavzularda «Alpomish», «gul va Navro’z», «iste’dod», «mening Jan- natim», «Hijron va vijdon» singari pesalarni ham yozdi. Bu asarlarning aksari poytaxt va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan. S.A.ning adabiy merosida nasriy asarlar ham salmokli o’rinni egallaydi. Uning 1931 y.da nashr etilgan «Navbahor» to’plamidan she’rlar b-n birga davrning dolzarb mavzularida yozilgan hikoyalar ham urin olgan. S.A. nasriy janrlarda- gi izlanishlarini davom ettirib, «ul- Fat» (1939), «soyalar» (1963) hikoyalar to’plamlarini e’lon qildi. Kichik Nasr janrlarida erishilgan tajriba yozuv- chining «Mavlono Muqimiy» romani (1965) ustida olib borgan ijodiy ishi- da, ayniqsa, qo’l keldi. S.A. Muqimiy va uning zamondoshlarini ko’rgan kishilar xotiralari asosida romanda shoir hayoti va u yashagan tarixiy davr manzaralari- ni haqqoniy aks ettirdi. Keyinchalik S.A. tarixiy o’tmish mavzuida yozilgan «Besh sarguzasht» qissasini (1971), Hamza, G’. G’ulom, A. Umariy, M. Uzoqov kabi adabiyot va san’at namoyandalariga bag’ishlangan xotiralarini yozdi. S.A. «Tohir va Zuhra», «Maysaraning ishi» operalari librettosining ham muallif- laridan biri. Qo’qon va Toshkentdagi bir necha ko’cha, maktab va kutubxonaga shoir nomi berilgan. Ac: asarlar [4 j.li|, 1— 4j.lar, T., 197580. Ad.: Abdurahmono va M., Sobir AB- dulla. Hayoti va ijodi haqida ocherk, T., 1965; AB durahm o n o va M., Zamin va za- mon kuychisi, T., 1975.