Sofizm

Sofizm (Yun. sophisma — hiyla, jo’mboo — biror be’mani fikrni asoslovchi muhokama yoki xulosa. S.da yolgon muhokama chin muhokamadek kilib ko’rsatiladi yoki mantiq qonunlarini buzib xulosa chiqariladi. Aristotel S.ni «soxta isbot» deb atagan. S. — haqiqatni yolg’on, yolg’onni haqiqat deb tushuntirishdan iborat bo’lib, raqibni aldash, uni noto’g’ri yo’lga yo’naltirishga va shu tarzda o’z maqsadiga erishishga mo’ljallangan mantiqiy usuldir. Mana bu misolda odamning shoxi borligi shun- Day isbotlanadi: — yo’qotmagan narsa- laring o’zingda bo’ladimi? — Ha. — Sen shox yo’qotmagansan? — Ha. — Demak, shoxing o’zingda. Sen shoxli odamsan. Mantiq ilmini yaxshi egallagan kishi — lar bunday hiylagarlikni osongina fosh eta oladi. S. soddadil kishilarqalbida haqiqatga, adolatga shubha uyg’otuvchi, ularni to’g’ri yo’ldan adashtiruvchi MAK- korlik qurolidir.