Som tillari
Som tillari — som-hom (af- roosiyo) tillari makrooilasining bir tarmog’i; G’arbiy Osiyoda va Afrikada Sahroi Kabirning shim. tomonlarida (jumladan, barcha Arab mamlakatlari- da, Isroil, Efiopiya, Eritreya, Somali, Jibuti, Turkiya, Malta davlatlari- da, qisman Mali, Chad, Keniya, Gruziya, Ozarbayjon, Armanistonning ayrim hududlarida, AQSh va Jan. Afrikada) tarqalgan tillar. Bu tillarda 230 mln. dan ortiq kishi so’zlashadi. St. quyidagi guruxlarga bo’linadi: shim.Sharqiy (OS- Suriy va Bobil lahjalariga ega bo’lgan o’lik Akkad tili); shim.g’arbiy (jonli tillar: ivrit va Suriya, Eron, Iroq, Turkiya va b. hududlardagi yangi oromiy lahjalari; ulik tillar: amori, Ugarit, xanaan, qad. yahudiy tillari, oromiy laxjalari, Palmira, nabotiy, fala- Stin tillari va b.); Jan.Markaziy (bir- biridan kuchli farq qiluvchi so’zlashuv lahjalari bo’lgan Arab tili hamda Mal- ta o.dagi Malta tili); Jan.chekka (jon- li tillar: Mehriy, jibboliy, so’qo’tra va bir qancha ulik tillar); efiopsom (jonli tillar: tigray, Tigre, amxara, ar- gobba; ulik tillar: mine, Sabe, kataban, efiop). Keyingi 3 guruh ba’zi adabiyot- larda «Janubiy» yoki «Jan.g’arbiy» deb xam ataladi. St. ning qad. fonetik tizimi Arab ti- lida yaxshi saqlangan. Bu tillarda unli- lar soni cheklangan: asosan cho’ziq a, i, u va qisqa a, i, u. Fe’llar va ular asosidagi nomlarning o’zaklari, asosan, undoshlar- dan (3 ta, ba’zan o’zlashma so’zlarda undan ortiqroq) tashkil topadi va u, asosiy lug’aviy ma’noni bildiradi; qisqa unli- larni ifodalovchi ostust belgilarining urin almashuvlari, suffiks, prefiks va infikslar ma’noni muayyanlashtirish va grammatik kategoriyalarni ifodalash uchun xizmat kiladi. Mae. Arabcha «ktb» o’zagidan quyidagilarni o’qish mumkin: «kataba» — u ezdi, «kutiba»— yozildi, «aktaba» — yozdirdi: «kotib» — yozuvchi, Mirza, «kitob» — xat yoki kitob, «MAK- Tab» — yozish joyi va vaqti, maktab va b. St. da fe’llardagi nisbatlar, ba’zan mayllar, bir qator ma’no nozikliklari «bob» (Arab.nav’; boshqa tillarda o’zak, asos tushunchalariga to’g’ri keladi)lar orqali ifodalanadi. Boblar fe’lning dastlabki ma’nosini u yoki bu darajada o’zgartiradi. Suz yasalishi ham, asosan, unli va undoshlarning o’rin almashu- VI va kisman affiksasiya orqali amal- ga oshadi. Odatdagi so’z tartibi: kesim, ega, to’ldiruvchi; aniqlovchi doimo anik- danmishdan keyin turadi. St. da barbar, kushit, roman, turkiy, yunon tillaridan o’zlashgan so’zlar uchraydi. St. ning eng kad. yodgorliklari Akkad tilidagi mixxat yozuvlari va mier yozuvv- dagi Falastincha atokli ismlar va joy nomlaridir (mil. AV. 3—2ming yilli- klar va mil. 1ming yillik); shuningdek, qad. yahudiy va ivrit tillarida (mil. AV. 12-a.dan finikiy yozuvida), oromiy laxjalari, ayniqsa, suryoniy laxjasida (mil. AV. 8-a.), efiop tilida (4-20-a.lar, bo’g’inli efiop yozuvida) ham ko’plab yozma manbalar mavjud. Arab tilida juda boy adabiyot saqlangan (4-a.dan Arab yozuvida). Ugarit, finikiypuna, mine, kataban til- larida xam mil. AV. 14-13 va mil. 4-a. larga oid matnlar saqlanganligi ma’- lum. St. dan Arab tili — oromiy yozuvi- dan kelib chiqkan Arab yozuvidan, ivrit — an’anaviy qad. yahudiy yozuvidan, am- xara va tifay tillari — bo’g’inli efiop yozuviga asoslangan uz yozuvlaridan, mal- ta tili esa Login alifbosi asosidagi yozuvdan foydalanadi. Ad.: Krimskiy A. E., Semitskie yazi- ki i narodi, 2izd., ch. 23, M., 1909-12; Grande B. M., Kurs arabskoy grammatiki v sravnitelnoistoricheskom osvetshenii, M., 1963. Abduvahob Madvaliev.