Sosiologiya

Sosiologiya (lot. societas — jamiyat va …logiya) — bir butun tizim hisoblangan jamiyat haqidagi va ayrim ijtimoiy tartibotlar, jarayonlar, ij- timoiy guruxdar, shaxs va jamiyat mu- nosabatlari to’g’risidagi fan. S. ilmiy uslublar yordamida hosil qilingan em- pirik (tajribaga asoslangan) ma’lu- motlarga tayanib umumlashma xulosalar chiqara oladi. Shu tufayli jamiyatning rivojlanish modellarini ilmiy asos- lab beradi. Jamiyat hayotini tushuntirishga uri- nishlar antik davrda (Platon, Aristo- tel va b.) paydo bo’ddi, tarix falsafa- sida davom etdi. O’rtaosiyolik mutafak- kirlar (Forobiy, Ibn Sino, Beruniy) asarlarida ham jamiyat, uning yashashi va rivojlanishi haqida muhim fikrlar bildirilgan. Sosiologik tasavvur va qarashlar 19-a.ning 1-yarmida o. Kont, G. Spenser kabi olimlar ijodi natijasi- da fan darajasiga ko’tarildi va qariyb 200 y.dan buen rivojlanib kelmoqda. Turli davrlarda S.ning moxiyati tur- licha talqin etildi. Avvaliga u jamiyat haqidagi umumiy fan sifatida tushu- nilgan. Ayni vaqtda uning aniq ilmiy uslublarini nazarda tutgan holda ij- timoiy fizika deb ham izohlangan (L. Ketle). Dastlab Evropada taraqqiy et- gan S. G’arbiy Evropa mamlakatlarida keng ijtimoiy muammolarni dalil va asosli ravishda qo’ya boshladi (M. Veber, E. Dyurkheym, G. Zimmel (1858-1918), V. Pareto (1848-1923), P. Sorokin (1889-1968). Shu ma’noda u mohiyatan makrososiologiya edi. S.ning Amerika- dagi rivoji esa, odatda, «kichik» ijti- moiy hodisalarni o’rganuvchi mikrososi- ologiya tarzida yangi qirralarini namoyon etdi [J. Dyui (1859-1952), Ya. Moreno (1892-1974), J. Xomans (1910), E. Meyo (18801949) va b.]. Keyinchalik S.ning bu makro va mikro ko’rinishlari T. Parsons (1902— 79), R. Merton (1910)ning naza- riy ishlarida va P. Lazersfeld (1901 — 76)ning empirik tadqiqotlar uslubi- yatvda yagona tizimga keltirildi. Biroq S.ning predmeti va ijtimoiy amali- yot uchun ahamiyati xususidagi bahslar haligacha davom etib kelyapti, yangi S. yaratishga urinishlar to’xtamayapti. S. o’z taraqqiyotining klassik dav- rida yaxlit bilimlar tizimi sifati- da rivojlangan bo’lsa, keyin bu fanga turli oqimlar va yo’nalishlar kirib keda boshladi. Mexanistik nazariya ta- rafdorlari g. Ch. Keri (1798-1879), V. Ostvald (1853-1932), V. Pareto (1848— 1923) S.ni ijtimoiy dunyo fizikasi deb hisoblashgan. Biologik nazariya, Xu- Susan, organik yo’nalish (g. Spenser, L. Gumplovich), shuningdek, ijtimoiy dar- vinizm vakillari (Ch. Darvin va b.) ja- miyatni biologik dunyo qonuniyatlaridan kelib chiqib izohlashgan. Psixologik qarashlarda [D. S. Mill (1806-73), Makdugall] jamiyat hayotidagi voqea va jarayonlar takdid nazariyasi, instinct nazariyasi asosida psixologik jihatdan tushuntirilgan. Xususan, 3. Freyd (jinsiy mayl), ya. Moreno (jamiyatni individualpsixologik tushuntirish) qarashlari keyinchalik kollektivpsi- xologik nazariyalarga olib keldi. Shu yo’nalishda ijtimoiypsixologik, bixe- vioristik, simvolik interaktsionizm, ijtimoiy harakatlar nazariyalari ri- vojlandi. Hoz. davrda funktsionalizm za- monaviy G’arb S.sining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo’nalish vakillari (T. Parsons, R. Merton) jamiyatning funktsional bir- ligi, uning dinamik muvozanati muam- molariga asosiy e’tiborni qaratadi. Formalsosiologik yo’nalish F. Tennis (1855-1936), g. Zimmel, L. fon Vize (1876-1969) kabi sosiologdar ijodi ta’sirida mustahkamlandi va rivoj- landi. Bu yo’nalish vakillari ijtimo- iy hodisalarning mazmunidan ham ko’ra ularning shakliga ko’proq e’tibor beril- sa, bu S. predmetiga mosroq bo’ladi, deb hisoblaydi. 20-a.ning 2-yarmida yangi nazariya va oqimlar, xususan, «asosiy nazariya» (Glasser va stress), refleksiv S, dia- lektik S, kundalik hayot S. si modellari shakllandi. Lekin shunga qaramay, yangi S.da 2 nazariy yo’nalish aniq ko’rinishga ega bo’ldi: 1) radikal S. (jamiyatni jid- diy o’zgartirish kerak, S. bunda muhim rol o’ynaydi, deb hisoblaydi); 2) guma- nistik S. (insonning ijtimoiy tizim- dagi yangi mavqeini, uning me’yor yara- tuvchanlik salohiyati, ruhiy jihatini tadqiq etishni ustuvor deb biladi). Bugungi kunga kelib S turli nazariya- lar va bir necha sog’alarni qamrab olgan bo’lishiga qaramay, mohiyatan yaxlit fan sifatida jadal rivojlanmoqda. O’zbekistonda ham S. o’z tarixiga ega. U ijtimoiy borliq muammolari xususida asrlar davomida fikr yuritib kelgan ulamoyu shoirlar, mutafakkiru hukmdorlarning izlanishlarida o’z ifo- dasini topgan. Buyuk vatandoshlarimiz boshqa sohalar kabi S.ning rivojlani- shiga ham katta hissa qo’shdilar. Mukam- mal jamiyat g’oyasi, davlatni boshqarish, jamiyatda shaxsning o’rni va roli masa- lalari ular yaratgan turli janrlardagi asarlarga mavzu bo’lganligiga qaramay S. fanini mustaqillikdan so’nggina lo- zim darajada rivojlantirish imkoniya- ti tug’ildi. O’zbekistonda keng ko’lamli nazariymetodologik muammolarni qo’yish, ijtimoiy dunyoga tahliliy na- zar bilan qarash ko’nikmalari hosil qilinmoqda. S. faniga oid kitob va ri- Solalar, darslik va qo’llanmalar yaratish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda. Sosio- logik tafakkurni shakllantirish, uni ta’lim tizimida, boshqaruvda, omma- viy axborot vositalari va b. sohalarda kengroq qo’llashga harakat qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida «S. va boshqaruv psixolo- giyasi» kafedrasi faoliyat yuritmoqda. Bir necha yillardan buyon «ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazi tomonidan sosiologik so’rovlar o’tkazish tajribasi to’plandi. Bir nechta ilmiy muassasalar (O’zMU, O’zbekiston FA, viloyatlardagi un-tlar)da nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Kibernetik S. muammolari (akad. V. Krbulov), ijtimoiy jarayonlarni model- lashtirish (N. Aliqoriev), jamoatchilik fikrini o’rganish (R. Ubaydullaeva), de- mofafik jarayonlarni tadqiq etish (o. Atamirzaev) yo’nalishlarida ilmiy ish- lar qilingan, milliy mentalitet (M. Bekmurodov, A. Begmatov), tafakkur tar- zi (B. Farfiev), mahalla fenomeni (K. Kalonov) o’rganilmoqda. O’zbek olimlari, shuningdek, S.ning turli yo’nalishlari (nazariy S. — R. T. Ubaydullaeva; mehnat S.si — q. Abduraxmonov, ekologik S. — A. Qahxrrov; din S.si — M. G’anieva; si- yosiy S. — A. Xolbekov) bo’yicha muayyan ishlar qildilar. Abdug’ani Xolbekov.