So’z birikmasi

So’z birikmasi — ikki yoki un- dan ortiq mustaqil so’zning tobe gram- matik aloqa (moslashuv, boshqaruv yoki bitishuv) asosida birikishi natijasi- da hosil bo’lgan, borlikdagi narsa va hodisalarning nomini bildiradigan sintaktik tuzilma — nutq birligi: ig- naning ko’zi, kitobni o’qimoq, oydin kecha va b. Har qanday SB. birdan ortiq mustaqil so’zning birikuvidan hosil bo’ladi, tuziladi va 2 qismdan — hokim va tobe qismdan tashkil topadi: oliy ma’lumot (oliy— tobe qism, ma’lumot — hokim qism). SB. komponentlarining tarkibiga ko’ra sodda va murakkab turlarga buli- nadi. Komponentlarining har biri bir so’z shakliga teng bo’lgan SB. sodda SB. hisoblanadi: sayroqi qush, yigirma xo- nadon, tez yugurmoq kabi. Komponentlari yoki ulardan biri birdan ortiq so’zdan, suz birikmasidan iborat bo’lgan birik- malar murakkab SB. deyiladi. Mas, oliy ma’lumotli mutaxassis (oliy ma’lumot- li — tobe kiem, mutaxassis — hokim qism). Tarkibidagi hokim qismning qaysi so’z turkumidan bo’lishiga ko’ra S b. ning 2 turi farklanadi: ot SB., fe’l SB. Ot SB. hokim komponenti fe’ldan boshqa turkumga oid so’z (ot, son, ravish) bilan ifodalangan SB. dir (yuk mashinasi, bar- cha o’quvchilar, go’zal qishloq va b.). Fe’l SB. hokim kismi fe’l bilan ifodalan- gan SB. laridir (bog’ni aylanmoq, kitob o’qimoq, tez yurmoq kabi). Tarkibidagi tobe so’zning sintaktik vazifasiga ko’ra 3 turi farklanadi: aniqlovchili S. b. (yangi kitob), to’ldiruvchil i SB. (ukamni o’ynatdim) va holli SB. (tez gapirmoq, qishlokla yashamoq). S. b. mazmun va ohang tugalligiga ega bo’lmaydi, fikr ifodalamaydi va shu Xu- susiyati bilan sintaktik birlik bo’lmish gapdan farklanadi. Azim Hojiev.