Spektr

Spektr (lot. spectrum — tasav- vur, tasvir) (fizikada) — 1) tizimni yoki jarayonni tavsiflovchi birorbir fizik kattalikning barcha qiymatlari majmui. S. diskret (uzlukli) va uz- luksiz bo’ladi; 2) birorbir nurlanish- da mavjud bo’lgan to’lqin chastotalari majmui; 3) har bir yo’nalishda muayyan uzunlikli yoki chastotali monoxromatik to’lqin tarqaladigan qilib ajratilgan elektromagnit nurlanish; 4) ekran, foto- plastinkadagi tasvir; 5) elektromagnit nurlanish ko’rinadigan yorug’likdan ibo- rat bo’lganda S. hosil qiladigan rangli yo’l. Turli xil nurlanishlarning modda tomonidan yutilish va chikarish S.lari, elektromagnit to’lqinlar o’zgaruvchan toklarining chastota S.lari, Quyosh xro- mosferasining S. va b. ko’pgina S.lar o’rganilgan. Bu ishlar optik spektral as- boblar, to’lqin va chastota o’lchagichlar va b. yordamida amalga oshiriladi. Ko’pincha tebranish chastotasi S.idan foydala- niladi. Tebranishning tabiatiga qarab elektromagnit tebranishlar Si, akustik S, optik S. xillari mavjud. Elektro- magnit tebranishlar Si, ayniqsa, optic diapazondagisi (to’lqin uz. 103-10~3 mkm) etarli daraja o’rganilgan. Optik S.ning chiqarish (ob’ektdan yorug’lik chiqayotganda hosil bo’ladi), yutilish (moddadan yorug’lik o’tayotganda hosil bo’ladi), sochilish va qaytarish jarayon- larida sodir bo’ladigan xillari bor. U kimyoviy taxlidda, atom va molekulyar fizikada va b.da qo’llanadi. Tebranish Si chizikli va tutash xillarga bo’linadi. Chizikli S. chastotalari birbiridan ma’- lum kattalikda farq qiluvchi garmonik tebranishlarni, tutash S. esa chastotala- ri turlicha bo’lgan garmonik tebranish- larni o’z ichiga oladi.