Spontan nurlanish

Spontan nurlanish (lot. spontaneus — erkin) — atom, molekula va b. kvant tizimlarining o’zo’zidan elek- tromagnit to’lqinlar nurlanishi; ular uyg’ongan yuqori energetik holatdan kuyi energetik holatlarga o’zo’zidan o’tishi jarayonida vujudga keladi. Xususan, atomlarning uyg’ongan holatdagi soni e marta kamaiguncha o’tgan vakt uyg’ongan holatning yashash vaqti deb ataladi va u 10^8 — 10~9 s oralikda bo’ladi. S.n.dagi har bir foton energiyasi hvikqe—ell formula orqali ifodalanadi, bunda vik— foton chastotasi, e — yuqori ener- getik sath; ek — quyi energetik sath. Majburiy nurlanishlardan farkli ra — vishda, S.n. kvant tizimga ta’sir etayot- gan tashki elektromagnit nurttanishga bog’liq bo’lmaydi. Yorug’lik manbalari- ning ko’pchiligi, mas, issiklik ta’siri- da cho’g’langan lampa spontan nurlatgich xisoblanadi. S.n.da turli yo’nalishdagi tebranishlar birbirini juda tez va tar- tibsiz ravishda almashtirib turadi. Shu sababli S.n. monoxromatik, kogerent va qutblangan bo’lmaydi.