Sport maktablari
Sport maktablari — yuqori malakali sportchilarni tayyorlaydigan ixtisoslashgan o’quvtarbiya muassasasi. O’zbekistonda S.m.ning 3 asosiy turi mavjud: bolalar va o’smirlar sport maktablari, bolalar va o’smirlar ixti- soslashgan Olimpiya maktablari hamda oliy sport mahorati maktablari. Sm. Xalq ta’limi vazirligi, O’zbekiston Respublikasi davlat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, kasaba uyushmalari va b. tashkilot hamda idoralar qoshida tuzilgan. Toshkentda dastlabki sm. 1934 y. ochilgan. Uzok, yillar davomida Toshkent, Samarqand, Andijon, Chirchiq sh.larida sport internatlari (hozir Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari) faoliyat ko’rsatib keldi va Respubli- ka terma jamoalari uchun ko’p minglab iqtidorli sportchilarni tayyorlab ber- Di. Ular orasida yuzlab xalqaro sport musobaqalarining sovrindorlari bor. O’zRda 570 dan ortiq har xil turdagi sm. faoliyat ko’rsatadi (2004).