Stereokimyo

Stereokimyo (Stereo … va kimyo) — kimyoning molekuladagi atom yoki atomlar guruhi (radikallar)ning fazo- viy joylashishini o’rganadigan sohasi. S. dastlab 19-a. oxirlarida ya.G. Vant- Goff tadqiqotlari asosida organik ki- myoning bo’limi sifatida paydo bo’ldi. S. geometrik (yoki tsistrans) va optic izomeriyanp o’rganadi. Geometrik izo- meriya, asosan, molekulasi tuzilishida qo’shbog’yoki tsiklik bog’langan atomlari bo’lgan birikmalarga xosdir. Geometrik izomeriyaga o’xshash aylanma izomeriya aromatik birikmalarda uchraydi. Mas, 2,2’dinitrofenil — 6,6′ dikarbon kis- lota qutbli guruhlarning o’zaro ta’siri natijasida ular bog’i o’q atrofida ayla- nishiga to’sqinlik qiladi. Shu boisdan bu birikmaning 2 ta fazoviy shakli (I va II shakllar) mavjud. Organik moddalarda, jumladan, tabi- iy birikmalarda (saxaridlar, oqsillar, alkaloidlar) optik izomeriya hodisasi ham keng o’rinni egallaydi. Izomeriya- ning bu turida molekuladagi asimmetrik atomuglerod 4 valent bog’ining har biri turli o’rinbosarlar (atom va radikal- lar) bilan bog’langan bo’ladi. Bunday bi- rikmalar, mas, sut kislota SN3SN(on) Soon, optik faol, ya’ni yorug’lik nu- rining qutblanish tekisligini burish xususiyatiga ega va shu sababli 2 shaklda (optik antipodlar) mavjud bo’la oladi. Optik izomeriyani ba’zan kuzgu izo- meriya deb ham ataladi, chunki fazoviy izomerlar go’yo predmetning ko’zgudagi aksini eslatadi. Asimmetrik atom sifa- tida azot, oltingugurt, kremniy, fosfor va b. atomlar bo’lgan birikmalardagi izomeriya hodisasi xam o’rganilgan. S. organik kimyodan tashqari anorganik ko- ordinasiey birikmalarni ham o’rganadi, qattiq jismlar nazariyasi va kristallar kimyosiga yondashib tadqiqotlar o’tkazadi. S. polimerlar, dorivor moddalar va b. faol muhim ahamiyatga ega. Ad.: Potapov . M ., Stereoximiya, M., 1988;Parpiev N. A., Rahimov H.R., Muftahov A. ., Umumiy kimyoning naza- riy asoslari. T., 2004. Kudrat Axmerov.