Sterilizasiya

Sterilizasiya (lot. sterilis — toza, bepusht), sterillash — 1) (tibbiyot va biologiyada) — turli moddalar, XI-rurgiya asboblari, boglov materiallari, oziqovqat mahsulotlari va b.ni mikro- organizmlardan butunlay tozalash. Tibbiyotda aseptikaning muhim usulla- ridan. S. fizik va kimyoviy usullar yor- damida amalga oshiriladi. Fizik usul- larga termik (issiqlik) va nur bilan S. qilish kiradi. Kimyoviy S. sovuq S. deb ham yuritiladi, bunda sun’iy material- lar yoki issiqlikka chidamsiz asboblar mikroblarni o’ddirish ta’siriga ega bo’lgan kimyoviy moddalar yordamida S. qilinadi. Issiq S. suv bug’i va quruq issiq yor- damida amalga oshiriladi. Suv bugi bi- lan S. qilish avtoklavlarda 110 dan 140° gacha haroratda 2-4 ATM bosim ostida o’tkaziladi. Bog’lov materiallari, mato- lar, jarroxlik asboblari, suyuqliklar, suyuq dorilar, rezina buyumlar suv bugi yordamida S. qilinadi. Quruq issiq S. maxsus quritkich shkaflarda 160-200° quruq issiq havo yordamida bajariladi. Bu usul shisha, chinni va metall asboblarni S. qilishda qo’llanadi. Hyp bilan S. qilish ionlov- chi nurlar yordamida bajariladi. Amali- yotda r va u nurlaridan foydalaniladi, bunda nurlanish dozasi 25000 greydan kam bo’lmasligi lozim. Kimyoviy S.da etilen oksid gazi, spirt, formalin buglaridan foydala- niladi. Optik asboblar, fibrin tolali asboblar, sun’iy materiallar, jarrox- lik iplari, maxsus jarroxlik asbo- blari (skalpellar) kimyoviy usulda S. qilinadi. 2) oziqovqat sanoatida — konserva- lash usuli, mikroorganizmlar va ular- ning sporalarini yo’qotish, shuningdek, uzok, muddat saqlanadigan oziqovqat mahsulotlarida fermentlar ta’siri- ni to’xtatishdan iborat. Issiq va sovuq S. bor. Issik, S. maxsus moslamalar — sterilizatorlar (mas, avtoklavlarda) mahsulotlarni 100— 120° gacha qizdirish yo’li bilan, sovuq S. mahsulotlarga, mas, radioaktiv moddalarning ionlovchi nur- larini ta’sir ettirish orqali bajari- ladi. S. konservalar i. ch.da qo’llanadi.