Stomatit

Stomatit (Yun. stoma — og’iz, it is — yallig’lanish) — og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining yallig’lanishi. S. mustaqil kasallik holida kechishi, shuningdek, boshqa kasalliklar (qizamiq, qizilcha, fipp, kandidoz) belgisi bo’lishi mum- kin. Yallig’lanish tilda bo’lsa — glossit, milkda bo’lsa — gingivit deyiladi, bu- lardan har birining o’ziga xos belgilari bor. S. moddalar almashinuvi kasalli- klari (avitaminoz, diabet), nerv va ichki a’zolar kasalliklari, vitamin etish- movchiligi, ichki sekresiya bezlari FA- oliyatining buzilishi oqibatida paydo bo’ladi. Chekish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, juda issiq yoki juda sovuq, nordon va sho’r ovqatlar eyish ham S.ga sabab bo’lishi mumkin. Ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik ortganda, xususan, o’zo’zini davolaganda, balog’atga etish dav- rida, aql tish chiqishi qiyinlashganda (q. Tish) ham S. ro’y beradi. S. shakllari har xil bo’lishiga kara- may, ularning umumiy o’xshash belgilari bor: og’iz bo’shlig’ining shilliq qavati qizaradi, atrofidagi to’qimalar shisha- Di, bezillab turadi, jag’osti limfa bez- lari kattalashadi va b. S o’tkir va surun- kali kechadi. S.ning kataral, yarali nekrotik va af- toz xillari farq qilinadi. Ayrim dori moddalarining yoqmasligi oqibatida, shuningdek, kimyoviy moddalar ta’sirida medikamentoz S, og’iz bo’shlig’i shilliq qavatining o’tkir kesuvchi narsalar, chi- rigan tish chekkasi, noto’g’ri qo’yilgan tish protezidan jarohatlanishi natija- sida travmatik S. paydo bo’ladi; travma- tik S.ning Bednar aftasi (chaqaloqlar aftasi) shakli chaqaloqlarda kuzati- ladi. S.ning oldini olish uchun chiri- gan tishlarni va organizmning umumiy kasalliklarini o’z vaqtida davolash, shilliq qavatning yallig’lanishiga sabab bo’ladigan omillarni bartaraf etish lo- zim.