Stratosfera

Stratosfera (lot. stratum — kat- Lam va Yun. sphaira — shar) — troposfera ustida yuqori kengliklarda 8— 10 km, ekvator yaqinida esa 16-18 dan to 50— 55 km balandliklargacha bo’lgan oraliqda joylashgan, t-rasi -40° (-80°)dan to 0° gacha ortadigan atmosfera qatlami. S. qatlamining quyi chegarasi — tro- popauza geografik kenglik, yil vaqti va tsiklon faoliyatiga qarab o’zgaradi. Odatda, tropopauzadan 24-25 km gacha quyi S. va qolgani yukori S.ga ajrati- ladi. Quyi chegarasida o’rtacha tra yil vaqti va kenglikka qarab -45° dan -75° gacha, yuqori chegarasida -20° dan Q20° gacha bo’lib, suv bug’i mikdori juda oz bo’ladi. Pekin 20-30 km balandlikda ba’zan sadafsimon bulut hosil bo’ladi. U kunduzi deyarli ko’rinmaydi, kechasi quyosh nuri ta’sirida yaltirab ko’rinadi. Sadafsimon bulut, asosan, yaxlagan suv tomchilaridan iborat. Aerologiya va er- ning sun’iy yo’ldoshlari yordamida S. o’rganilgan. S.da ham havo almashinishi bo’lib, tra va shamol tezligi o’zgarib turadi. Shamolning maksimal tezligi S.ning yuqori qismida juda katta (ezda 60-80 mg’s; qishda 80-100 mg’s gacha). Asosiy shamol G’arb tomondan esib, 20 km balandlikda yoz vaqtlari o’z yo’nalishini sharqqa tomon o’zgartiradi. S.dagi do- imiy gazlarning ulush miqdori tropo- sferadagi singaridir. Biroq S.da ozon, hatto mutlaq qiymatlarda troposfera- dagiga karaganda ko’p bo’lib, uning aso- siy miqdori 25-35 km balandliklar orasida to’plangan. S. ma’lum darajada ozonosferat mos keladi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan qisqa to’lqinli, ayniqsa, ultrabinafsha nurlarni yutib qoladi, natijada havo t-rasi ortadi. S.dagi ozon qatlami ultrabinafsha nur- larni er sirtiga o’tkazmaydi, aks holda Erda hayot bo’lmas edi. Tohir Muxtorov.