SUBTROPIK MINTAQALAR

SUBTROPIK MINTAQALAR — Erning har ikki yarim sharidagi Geo- grafik mintaqalar, 30° va 40° kengli- klar orasida joylashgan. Sovuq oyning o’rtacha t-rasi 0° dan yuqori. S.da yil bo’yi o’simliklar vegetasiyasi davom etadi. Yoz bilan qishning havo t-rasi katta farq qiladi. Yozda tropik, qishda mo»tadil havo massalari hukmron. Den- giz bo’yidan quruqlik ichiga kirib bor- gan sari yog’in mikdori kamayib, iqlim kontinentallashib boradi. Subtropik iqlimning 2 turi: materik subtropik iqlim va okean subtropik iqlim mavjud. Materik subtropik iqlimda yoz issiq va quruq, qish beqaror, nisbatan sovuq bo’ladi. Iyulning o’rtacha t-rasi 24-30°, yanv.da 0— 4° bo’ladi. Yog’in 300-500 mm, tog’larning shamolga ro’para yon bag’rilarida 800-1000 mm. Okean sub- tropik iqlimga havo t-rasining yil da- vomida keskin o’zgarmasligi, yozda ancha past (20° atrofida), qishda iliq (12° chamasida) tra bo’lishi xos. Sm.da tuproq, asosan, qizil hamda kulrangjigarrang, sariqqo’ng’ir tuproklar. O’simlik dunyosi xilmaxil. Cho’l va chala cho’llardan doim yashil o’rmonlargacha mavjud. Har bir materikda sm.ning 3 asosiy — g’arbiy okean bo’yi yoki o’rta dengiz bo’yi, kon- tinental va Sharqiy okean bo’yi sektor — lari ajratiladi. Kontinental Sm. ma- terikning ichki qismlariga xos. Ularda yog’in kam (200-400 mm), yanv.ning o’rtacha t-rasi 0-4°, obhavo beqaror. Yoz issiq va quruq (28-30°). Yozda issiq 50° ga etgani va qishda sovuq -10° dan past bo’lgani qayd etilgan. Yogin qish va bahorda yog’adi. O’zbekistonda Surxondaryo vilo- yatining Termiz va Denov tumanlari shu mintaqada joylashgan. Asosan, cho’l va chala cho’l zonasiga kiradi. Su v bor erlar o’zlashtirilib, vohalarga aylantiril- gan. Issiqsevar o’simliklar, jumladan, magnoliya, palma daraxti ekiladi, in- gichka tolali paxta, shakarqamash, subtro- pik mevalar (limon, xurmo, apelsin va b.) etishtiriladi.