SUBTROPIK O’SIMLIKLAR

SUBTROPIK O’SIMLIKLAR — asosan, doim yashil, barg to’kadigan ba’zi mevali daraxtlar hamda butalar. Bular- ga avokado, anjir, anor, apelsin, man- darin, limon, greyfrut, zaytun, xurmo, chilonjiyda (unobi), pista, mushmu- la, tok, dafna va b. kiradi. Su. mazali, to’yimli va dorivor xususiyatga ega meva beradi. Mevasi yangiligicha, konserva- langan hamda quritilgan holda iste’mol qilinadi. S.o’. vegetasiya davrining uzun- ligi, qishda tinim davriga o’tishi bilan tropik o’simliklardan farqlanadi. Aso- san, subtropik mintaqalaris etishti- riladi. Oranjereya yoki transheyalarda, shuningdek, uy sharoitida o’stiriladi. S.o’.ning sovuqqa chidamliligi turlicha. Mac, limon sovuqqa chidamsiz, anjir, anor, xurmo chidamliroq. O’zbekistonda S.o’.ning ba’zi turlari (apelsin, man- darin, limon va b.) oranjereya yoki tran- sheyalarda, shuningdek, uy sharoitida o’stiriladi. So’nggi yillarda subtropik mevalar Shreder nomidagi bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik in-tining ja- nubiy O’zbekiston tajriba stantsiyasida, Toshkent viloyati Qibray tumanidagi li- monariy shirkat xo’jaligida, Surxonda- ryo viloyatidagi Denov o’rmon xo’jaligida va b. bir qancha viloyatlardagi ayrim xo’jaliklarda, shuningdek, tomorqalarda o’stirilib, ko’chatlari etishtirilmoqda. Ad.: Kulkov O. P., Muxamedzya- Nov Sh. 3., O’zbekistonning subtropik o’simliklari, T., 1968; Jivotinskaya S., Vostochnaya xurma v Uzbekistane, T., 1989; Zaytsev Yu. I., Tsitrusovqe v komnate, T., 1990. Rixsivoy Jo’raev.