SUG’URTA MANFAATI
SUG’URTA MANFAATI — sug’urtada moddiy manfaatdorlik chorasi. Sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida sug’urtalanuvchiga moddiy zarar keltiruvchi predmetlar (mol-mulk) yoki sug’urtalanuvchining uchinchi shaxsga zarar keltirish holatlari. Masalan, sug’urtalanuvchining avtomobil transporti yo’l-transport hodisasi tufayli shikastlanganda, sug’urtalanuvchida ushbu mulkka nisbatan manfaatdorlik yuzaga keladi va sug’urta moddiy manfaatdorlik chorasi sifatida maydonga chiqadi.